ZANG KASALLIGI
ZANG KASALLIGI, o’simliklar zang kasalligi — o’simliklarda zamburug’lar keltirib chiqaradigan kasallik. Zang kasalligi bilan g’alla ekinlari, beda, Zang kasalligi: 1 — bug’doy zang kasali; 2—malina zang kasali; 3-nok zang kasali lavlagi, zig’ir, no’xat, kungaboqar, bodom, olma, nok kasallanadi. Kasallangan o’simlik bargi, poyasi va qisman mevasida zarg’aldoq, keyinchalik jigarrang spora do’mboqchalari paydo bo’ladi, o’simlik yaxshi rivojlanmaydi, ba’zan barglari quriydi, g’alla ekinlari boshoqlamaydi. Zang zamburug’larining bahor, yoz va qishki sporalari rivojlanish tsiklini ikki xil o’simlikda o’tkazadi. Masalan, bug’doy, suli, javdarda uchraydigan chiziqsimon zang (qo’zg’atuvchisi Puccinia graminis) zamburug’lari don ekinlari poxolida qishlab, bahorda zirkka o’tadi, so’ng yana don ekinlarini zararlaydi. Olma va nokdagi zang zamburug’lari archada qishlab bahorda uning sporalari yana mevali daraxtlarga o’tadi. Kurash choralari: almashlab ekish joriy qilinadi, kasallikka chidamli navlar ekiladi, dala atrofida zirk, archa o’stirilmaydi, kasallikning boshlanish davrida ekinlar oltinguturt bilan changlanadi.