Kaktuslar

Kaktuslar (Cactaceae) — kak- tusdoshlarga mansub ko’p yillik semiz poyali o’simliklar, manzarali va uy o’simligi. K. orasida daraxtsimon, buta- Simon yoki liana shakllari bor. Ahyonda past bo’yli daraxt (Pereskioidae). 2000 dan ortiq turni o’z ichiga oladigan 80 ga yaqin turkumi bor. Ularning deyar- li hammasi Amerika (yarmi Meksika)da tarqalgan. Yovvoyi holda tropik va sub- tropik cho’llarda, dengiz bo’ylari, Savan- nalarda o’sadi. K. bir necha guruhlarga bo’linadi: opuntsiyalar — dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-biriga birikib o’sgan tanadan iborat; ts e r e u s -l ar — tanasi yo’g’on, ustunsimon, etdor; ma- millyariyalar — so’rg’ichsimon, chiroyli gullaydi; epifillyumlar — poyasi tas- masimon yassi, yirik tisheimon; ripsa- lislar — juda sershox, xivchinsimon yoki bargsimon ko’rinishdagi butachalar. Ko’pgina turlari chiroyli gullaydi, Jan. mintaqalarda ochiqjoylarda manzarali o’simlik, shim. mintaqalarda uy va Oran- jereyalarda o’stiriladi. K.ning mevasi va poyasi eti ovqatga ishlatiladi, chorva mol- lariga ozuqa; o’tin va engil qurilish ma- teriali (ayrim turlarining yog’ochlangan poyalari); buta fob (devor) tarzida foy- dalaniladi. K. urug’i, qalamchasidan va payvand qilish yo’li b-n ko’paytiriladi. Maysalari urug’i ekilganidan keyin 3-30 kunda paydo bo’ladi, payvand- lash may—avg. da o’tkaziladi. K. erta bahordan kuzgacha (ayrim turlari qishda ham) gullaydi. Qishda K. uyda 8-10° da saqlanadi, kam sug’oriladi. Yozda K. ekilgan tuvaklar quyosh nuri tushadi- gan yorug’va issiq joylarga ko’chiriladi, tez-tez sug’oriladi va tanasiga suv purkab («cho’miltirib») turish kerak. Ad.: Pajout F., Valnichek 3., Shubin R., Kaktusi. Per.s cheshek. Praga, 1963. Olimjon Alimov.