Kalimantan

Kalimantan, Borneo — Ma- lay arxipelagidagi eng yirik Orol, Katta zond o.lari tarkibida. Mayd. 734 ming km2 (kattaligi jihatidan Er yuzida Grenlandiyadan keyin 2-o’rinda). Aholisi 10 mln.dan ziyod. K. hududining katta qismi Indoneziya tarkibida, shim. va shim.-g’arbiy qismi Malayziya va Bruney davlatlari hududi. K. sohilining katta qismi botqoqlashgan pasttekislik, qirg’oq chizig’i tekis. Mar- kaziy qismi bal. 2000-3500 m li Palax- sa tog’lardan iborat. K. shim.dagi Kinaba- Lu tog’i (4101 m) — orolning eng baland joyi. Tog’lar, asosan, granit, gneys, kri- stalli slaneslardan iborat. Neft, gaz, toshko’mir, temir, marganes, xrom, mis va b. ruda konlari bor. Iqlimi ekvato- rial iqlim. Tekisliklarda t-ra 25-27°. Yillik yog’in 2000-3500 mm. Daryo ko’p. Yirik daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. Tuprog’i podzollashgan laterit tuproq. K. hududining 75% i o’rmon. Te- kisliklar nam tropik o’rmonlar (palma, bambuk, fikus), yon bag’irlar dub va igna bargli o’rmonlar, tog’tepalari butazor va yaylovlardan iborat. Hayvonlardan fil, maymunlar, ayiq, karkidon bor. Qushlarning 600 ga yaqin turi yashaydi. Aholi kokos palmasi, sholi etishti- radi. Baliq ovlanadi. Bir nechta mil- liy parklar mavjud. Yirik shaharlari — Pontianak, Banjarmasin, Sama- rinda, kuching, Bandar-Seri-Begavan. K.ning tub joy aholisi turli qabilalardan tashkil topgan, ular ko’pincha dayaklar degan umumiy nom b-n ataladi. K. sohilidagi knyazliklar 13-a. dan Yava hokimlariga karam bo’lgan. Evro- paliklar orolga 17-a.dan kela boshlagan.