KALININGRAD VILOYATI

KALININGRAD VILOYATI — RFda gi viloyat. 1946 y. 7 apr.da tashkil etilgan. Mayd. 15,1 ming km2. Aholisi 951,3 ming kishi (2000), asosan, rus, Belorus, ukrainlar; shaharliklar 79%ni tashkil qiladi. 13 tuman- ga bo’lingan, 22 shahar, 5 shaharcha bor (2000). Markazi — Kaliningrad sh. K.v. Boltiq dengizi Jan.-Sharqiy sohilining bir qismini egallay- Di. Jan.da Polsha b-n chegaradosh. Er yuzasi bir oz ko’tarilgan pasttekis- lik, Jan-sharqida Boltiq gryadasi bor. Sohili qumli plyajdan iborat. Shim. da K.v. hududining bir qismi dengiz sathidan pastda joylashgan. Foydali qazilmalardan toshtuz, qo’ng’ir ko’mir, gil, qurilish qumlari, neft, torf bor. Iqlimi dengiz iklimi b-n mo»tadil kontinental iklim orasida. Yanv. Ning o’rtacha t-rasi -3° dan -5° gacha, iyul- niki 15-17°. Yiliga qariyb 700 mm yog’in tushadi. Vegetasiya davri 155— 180 kun. Hududining 12% ichki suvlar b-n band. Yirik daryolari: Neman va Pregolya. Yuzdan ortiq ko’l bor. Viloyat- ning 7% hududi botqoqlik. Tuproqlari podzol va chimli podzol tuproqlar. Asosiy sanoat tarmoqlari: oziq-ovqat (asosan, baliqni qayta ishlash), mashi — nasozlik, tsellyuloza-qog’oz, engil sa- noat. Kahrabo qazib olinadi va ishlov beriladi (Yantarniy sh.). Mashinasoz- lik korxonalari, baliq sanoati uchun jihozlar, kompyuterlar, erning sun’iy yo’ldoshlari uchun kichik raketa dvigatel- lari, gaz quvurlari uchun jihozlar, yori- tish texnikasi, mikrodvigatellar, savdo jihozlari, o’zi yuk ortadigan yirik va- Gon-dumpkarlar, elektr yuk ortish mashi- nalari, kemalar va b. ishlab chiqariladi. Yog’ochsozlik va tsellyuloza-qog’oz sanoat- lari uchun xom ashyo Rossiyaning shim.dan keltiriladi. Qurilish materiallari i.ch., engil, go’sht va sut, mebel sanoatla- ri ham rivojlangan. Sanoat korxonala- rining aksari qismi Kaliningrad, Cher- nyaxovsk, Gusev, Svetlogorsk, Neman va b. shaharlarda joylashgan. Q.q.ning aso- siy tarmoklari: sut-go’sht chorvachiligi, cho’chqachilik, parrandachilik. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki bo-qiladi. Baliq ov- lanadi. Sabzavotchilik va kartoshkachi- lik b-n shug’ullaniladi. G’alla (bahorgi arpa, suli, kuzgi bug’doy, javdar), em- xashak ekinlari ekiladi. Mo’ynali dar- randachilik rivojlangan. Dengiz trans- Porta (portlari — Kaliningrad va bal- tiysk) taraqqiy etgan. Neman va Pregolya daryolarida kema qatnaydi. Kurortlari — Svetlogorsk, Zelenogradsk.