Kalif

Kalif — Amudaryo bo’yidagi qad. shahar va kechuv nomi. Amudaryoning eng tor erida qurilgan. Arxeologik ma’lu- motlarga ko’ra, K. milodning boshlari- da bunyod etilgan bo’lsada, u Aleksandr (Iskandar Maqduniy) davridayoq mav- jud bo’lganligi ehtimoli bor. Tarix- chilarning fikriga ko’ra yunon-makedon qo’shini aynan shu erdan Amudaryoni kechib o’tgan. 10-a.da shahar daryoning har ikki qirg’og’ini egallagan. Shaharning asosiy qismi daryoning so’l qirg’og’ida bo’lib, unda Zulqarnayn Raboti, jome masjidi joylashgan. Uning qarshisida, daryoning o’ng qirg’og’ida Zulkifl Raboti bo’lgan. Ibn al Asirning yozishicha, Amudaryoga qurilgan dastlabki suzuvchi ko’prik (pon- ton) 11-a.da Mahmud G’aznaviy tomonidan qurilgan. Sulton Mahmud Qoraxoniylar xoqoni Arslonxonning da’vatiga bi- noan, Qodirxonga qarshi chiqqanda shu erdan o’tgan. Daryoning bu erdagi ken- gligi 3 ming qadamga yaqin bo’lgan. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra, K. yaqinida Zulqarnayn, ya’ni Iskandar butun boy- liklari, oltinlari b-n dafn qilingan. Hofizi Abruning yozishicha, Iskandar K.da xazinasini ko’mib quygan, keyin- chalik uni sosoniylar shohi Anushirvon izlab topa olmagan. V. V. Bartoldning fikricha, islomdan avval K. da mahalliy dinga oid bosh sajdagoh bo’lgan, key- inchalik uni Iskandar b-n bog’lashgan. O’rta asrlarda K. shahrining ahamiyati shu qadar oshganki, hatto Amudaryo «ka- lif daryosi» deb ham atala boshlagan. 12-a.da K. mustahkam qal’a bo’lgan. Amir Temur va Temuriylar davrida ham K. muhim kechuv eri sanalgan. 17-a. K. shahri faqat daryoning so’l qirg’og’ini egalla- gan. Uning mudofaa devorlari bu davrda vayron qilingan bo’lib, unda faqat ke- machi hunarmandlar va xiroj to’plovchi amaldorlar yashagan. 17-a. oxirida so’l qirg’oqdagi K. uzil-kesil tanazzulga uch- raydi, bu Amudaryodan chiqarilgan foxir kanalining qurib qolishi b-n bog’liq edi. Shu davrdan boshlab K. hozirgacha o’ng qirg’oqda rivojlanib kelmoqda. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.