Kaldera
Kaldera (ispancha caldera — katta qozon), vulkan og’zi — vulkan cho’qqisi, ba’zan unga yondosh joylarning o’pirilishi natijasida vujudga kel- gan yon bag’irlari tik va tubi bir qadar tekis qozonsimon botiq. Vulkan otil- ganda katta hajmdagi magma tashqariga chiqadi, keyingi otilishga qadar vulkan kamerasida bo’shliq hosil bo’ladi, na- tijada vulkan tepasi tayanchini yo’qotib o’pirilib tushadi. Diametri 10-15 km ga etadi, ba’zan esa undan ham ziyod. K. termini Palma o.da (Kanar o.lari) joy- lashgan katta vulkan krateri nomidan kelib chiqqan. K.ning kraterdan farqi uning kelib chiqishi va o’lchamlarining kattaligidadir. Vulkan bo’g’izidan chiqayotgan gazlarning kuchli portlashla- ri natijasida vujudga keluvchi portlash (eksploziv) K.si hamda o’pirilish (gra-vitasion) K.si farq qilinadi. 1883 y.da Krakatau K.si vulkan gazi portlashidan hosil bo’lgan. O’zbekistonda qad. K.lar Chatqol-Qurama tog’larida uchraydi.