Kalkulyasiya
Kalkulyasiya (lot. calculatio, calculo — hisoblayman, hisob-kitob) — mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish. K. tannarx bo’yicha reja yoki hisobotning asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Korxonada aniq bir tur- dagi mahsulot birligini i.ch. va sotish bo’yicha, shuningdek, xalq xo’jaligining sanoat, transport va b. tarmoqlarida ish birligini (tashish, ta’mirlash va b.) ba- jarish uchun qilingan xarajatlarni pul shaklida ifoda etadi. K. quyidagi tur- larga bo’linadi: reja K.si (ilg’or ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish- ning ilg’or usullarida mehnat sarflari me’yorlari asosida tuziladi). Bunday K. navbatdagi davr uchun (yil, chorak) ayrim mahsulotlarning o’rtacha tannar- xini belgilashda qo’llaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos bo’ladi; hisobot K. (xatga olish ma’lumotlari asosida hisoblanadi, reja vazifalari baja- rilishini nazorat qilish uchun tuzila- Di, amaldagi xarajatlar darajasini ko’rsatadi); normativ K. (i.ch. vositalari va ish vaqtidan foydalanishning mavjud me’yorlari asosida tuziladi); l o y i ha K. (boshqa ko’rsatkichlar b-n bir qatorda kapital qo’yilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qo’llaniladi). Shuningdek, tannarx K.si ishlab chiqarish, to’liq, tarmoq va b. K.larga bo’linadi.