KAMAYTEPA
KAMAYTEPA — o’rta asr shahar xarobasi (mil. 5-18-a.lar). Qashqadaryo vodiysining o’rta qismida, daryodan 1 km chamasi uzoqlikda. Chim qishlog’i chek- kasida joylashgan. 1964-66-y.larda Qashqadaryo arxeologiya-topografiya eks- pedisiyasi tomonidan (N. I. Krashenin- nikova, S. B. Lunina) o’rganilgan. K. 3 qismdan — Ark, Shahriston va rabod- dan iborat. Ark (bal. — 20 m) deyarli to’g’ri to’rtburchak shaklida (190×175 m), Shahriston g’arbdan sharqqa cho’zilgan, uz. 450 m, kengligi — 350 m. Arkka qiya yo’lka (pandus) orqali ko’tarilganlar. Arkdan ilk o’rta asrlarga oid sopol idishlar topilgan. Hozirda Ark ichidagi tepalik qabristonga aylantirilgan. K.dan topil- gan terrakota (sopol) taxtachada 2 shoxli bosh kiyim kiygan, so’l qo’lida dumaloq meva (olma) tutgan, o’ng qo’lining panja- larini ochgan holda baland ko’targan bir shaxsning tasviri (mil. 5-a.) aks etgan. Ad.: Lunina SB., Goroda Yujnogo Sogda v VIII—XII vv., T., 1984.