Kamchatka viloyati

Kamchatka viloyati — RFda- gi viloyat. 1932 y. 20 okt.da Xabarovsk o’lkasi tarkibida tashkil etilgan. 1956 y.dan koryaklar Muxtor okrugini o’z ichiga olgan RFning mustaqil viloyati. Kamchat- ka ya.o.da, shuningdek, Karaga va Komandor o.larida joylashgan. Oxota va bering dengizlari va tinch okeanga tutash. Mayd. 472,3 ming km2. Aholisi 383,2 ming kishi (2000), asosan, ruslar, shuning- dek, ukrain, Koryak, itelmen, evenk, ale- ut, chukchalar ham yashaydi. Shaharliklar 81,3%. 11 tu-manga bo’lingan, 5 shahar, 11 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk- Kamchatskiy sh. (Tabiatini Kamchatka va Koryaklar Muxtor okrugi maqolalaridan q.). K.v. RFning asosiy baliqsanoati r-nlaridan biri. Baliq, asosan, bering dengizi va tinch okeandan ovlanadi. Kamchatkaning g’arbiy qirg’og’iga yaqin suvlari — krab ovlanadigan asosiy r-n. Yirik baliq va baliq konservalash z-dlari: Petropavlovsk, Oktyabrskiy, Ozernovskiy, Kirovsk, Ust-Kamchatsk, Olyutorskiy. Viloyat xo’jaligida mo’ynali hayvonlar ovlash va darran- dachilik muhim ahamiyatga ega. O’rmon sanoatida yog’ochsozlik korxonalari kam- chatka daryosi vodiysi bo’ylab joylashgan. Kemasozlik, kema tuzatish va qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Ko’mir, gidroenergiya, er osti qaynoq suvlari kabi energetika resurslari mav- jud. Paujetka issiq bulog’ida quvvati 11 ming kVt bo’lgan geotermal elektr stantsiyasi, Petropavlovsk-Kamchatskiy- da issiklik elektr markazi qurilgan. Q.x.da bug’uchilik-ovchilik va chorvachi- lik-sabzavotchilik rivojlangan. Bug’u boqiladigan keng yaylovlar bor. Dar- randachilik mavjud. Chorvachiligi sut etishtirishga ixtisoslashgan. Para- tunka issiq buloqlari asosida yirik issiqxona-parniklarda sabzavot etish- tiriladi. Mo’ynali qayvonlar (suvsar, Qunduz, tulki, oq tulki va b.) ovlana- Di. Transportning asosiy turi dengiz transporti. Asosiy portlari — Petro- Pavlovsk-Kamchatskiy va ust-Kamchatsk. Havo va avtomobil transporti katta rol o’ynaydi. Kamchatka daryosida kema qatnaydi.