Kampala

Kampala — Uganda poytax- ti. Markaziy provintsiyaning ma’mu- riy markazi. Viktoriya ko’lining shim. sohillari yaqinida 1300 m gacha bo’lgan balandlikda joylashgan. Aholisi 902,9 ming kishi (2000). Iklimi ek- vatorial mussonli iklim, yanv.ning o’r-tacha t-rasi 22°, iyulniki 20°. Yi- liga o’rtacha 1500 mm yog’in tushadi. K. — mamlakatning muhim siyosiy, ma- Daniy, moliya, savdo-sanoat markazi. Avtomobil yo’llari tuguni. T. y. or- qali Hind okeani sohilidagi Mombasa (Keniya) porti b-n bog’langan. Shahardan 35 km Jan.da xalqaro aeroport joylash- gan. Oziq-ovqat, kimyo, farmasevtika, ko’n poyabzal sanoati rivojlangan. Me- tallsozlik, yog’ochsozlik, to’qimachilik sanoati korxonalari, avtomobil re- Monti ustaxonalari bor. Shaharga 1890 y. da inglizlar tomonidan qal’a si- fatida asos solingan. K. Bugandaning savdo markazi sifatida rivojlandi. 1962 y.dan mustaqil Uganda poytaxti. Shahar tepaliklarda joylashganligi sababli yagona reja asosida qurilmagan. K.da Makerere unti (1922; 1970 y.dan Uganda milliy un-ti), nafis san’at MAK- tabi, tibbiyot bilim yurti, ped. va texni- ka kollejlari, Uganda ilmiy jamiyati, Uganda muzeyi, badiiy galereya bor.