Kampanella (Campanella) Tommazo

Kampanella (Campanella) Tommazo (1568.5.9, Stilo, Italiya — 1639. 21.5, Parij) — italyan faylasufi, shoir, siyosiy arbob, kommunistik uto- Piya ijodchisi. 14 yoshidan dominikchi- rohiblikni qabul qilgan. «Sezgilar yordamida isbotlangan falsafa» asari- da B. Telezio naturfalsafasini himoya qilgan. Bir necha marta bid’atchilikda ayblangan. 1598-99 y.larda Kalabri- yada ispan bosqinchilariga qarshi isyon uyushtirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi. 27 y. qamoqda yotib, falsafa, siyosat, falakiyot, tibbiyotga oid o’nlab asarlar ezdi. 1629 y. qamoqdan ozod etil- Di. K. tabiatni tajriba yo’li b-n bilish tarafdori edi. Uning fikricha, xulqning oliy maqsadi — shaxsiy hayotni ehtiyot qilmoq va ta’minlamoqdir. Iroda ba- tamom hukmronlikka yo’naltirilishi lozim; xukmronlikka bilim orqali eri- shiladi, bilim esa butun tarbiyaning asosiga qurilgan bo’lishi kerak. K.ning «Quyosh shahri» (1602) asari dengizchi- ning hikoyasi shaklida yozilgan bo’lib, unda olimkohinlar tabaqasi tomoni- dan boshqariluvchi ideal jamoa bayon qilingan (jamoada xususiy mulk va oila bo’lmay-Di, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, hamma uchun majburiy mehnat 4 soatlik ish kunidan iborat qilib joriy etiladi, fan va maorif tarak,qiy etadi). Lirik she’rlar, sonet- lar muallifi.