Kanto zilzilasi

Kanto zilzilasi, Tokio zilzilasi — Yaponiyaning Tokio va Yoko- xama sh.lari joylashgan Kanto r-nining Jan. qismida 1923 y. 1 sent.da sodir bo’lgan talafotli zilzila. Zilzila kuchi, 12 balli shkala bo’yicha 10— 11 ball, magnitudasi 7,9 bo’lgan. Zilzila episen- tri Yokoxamadan 60 km, Tokiodan 104 km uzoqlikda, Sagami qo’ltig’ida joy- lashgan. Keyingi ma’lumotlar bo’yicha u erda 1649, 1703, 1855, 1891 y.larda ham talafotli zilzilalar ro’y bergan. Le- kin, 1923 y.dagi K.z. Yaponiya tarixida eng ko’p qurbonlar va talafotlar keltir- gan zilzila hisoblanadi. Ushbu zilzila oqibatida 142807 kishi halok bo’lgan, 128266 uy batamom qulagan, 126233 uyga zarar etgan va 447218 uy yonib ketgan. Zilziladan keyin bir necha daqiqa o’tgach, bir vaqtning ichida ko’p joylardan yong’in chiqib, Tokio sh. olov halqasi ichida krlgan va yong’in ko’plab odamlar o’limiga sabab bo’lgan. Undan tashqari,Sagama qo’ltig’i, Idzu, Miura, Baso ya.o.lari, zilzila ta’sirida vujudga kelgan va to’lqin balandligi (amplitudasi) 10 m dan ortiq bo’lgan sunamidan ham katta talafot ko’rgan. Bu zilziladan keyin Tokio un-tida va Yaponiyaning bir qancha shaharlari (Kioto, senday va b.)dagi un-tlar qoshida seysmologiya in-tlari tashkil etildi, seysmik st-yalar tarmog’i kengaytirildi.