Kanishka I

Kanishka I — Kushon podsholigi- ning hukmdori (78-123). Uning davri- da mamlakat hududi hoz. O’rta Osiyoning Jan. qismi, Afg’oniston, Pokiston, Shim. Hindiston va keyinroq Sharqiy Turkistonning bir qismini o’z ichiga olgan. K.I Qang’davlati b-n ittifoqda bo’lib Sharqiy Turkistonda Xitoy- ga qarshi turgan. Xususan, K.I mil. 90 y.da Qashqarni 70 ming otliq qo’shin b-n qamal qilgani ma’lum, biroq ozuqa zahiralarining etishmasligi sabab- li qamalni bo’shatishga majbur bo’lgan. K.I davrida saltanat yuksak darajada taraqqiy etgan. Viloyatlarni podsho Noi- blari — satrap (kshatrap)lar boshqargan. Bu davrda shim. Hindiston va O’rta Osiyo madaniyati ravnaq topgan; Sharq mam- lakatlari va Rim imperiyasi b-n savdo va madaniy aloqalar o’rnatilgan. Pul islohoti o’tkazilib, oltin, kumush va mis tangalar zarb qilingan. K.I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifa- tida qabul qilingan. Kashmirda 4-budda sobori (yig’ini) chaqirilgan. Bu yig’inda buddizmning yangi mazhabi — Mahayana rasmiylashtirilgan. Budda ibodatxo- nalari qurilgan, shuningdek, otashpa- rastlik, hinduizm, aqidaparastlik va b. diniy e’tiqodlar tarqalgan. Uning dav- rida yunon, Eron va hind madaniyati va dini bir-biri b-n aralashib ketgan. O’zi ham buddizm e’tiqodini qabul qilgan va uning aholi o’rtasida keng tarqalishiga homiylik qilgan. O’z davlati poytaxtini Purushapur (hoz. Peshovar) ga ko’chirgan. K.I Kashmirda Kanishkapur sh.ni bu- nyod etgani haqida ma’lumotlar bor. Ad.: Bongard-Levin T.M., Ilin T.F., Drevnyaya Indiya, M., 1969; G’iyosov T.G’., Qadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.