Kanzas

Kanzas — AQShning Markaziy qismidagi shtat. Mayd. 213,1 ming km2. Aholisi 2,68 mln. kishi (2000). Ma’- muriy markazi — Topika sh. Sanoat markazlari — Kanzas-Siti va Uichito sh.lari. Er yuzasi to’lqinsimon tekislik, Qoyali tog’lardan Missuri daryosiga to- mon qiyalanib boradi. Markaziy qismida Smoki-Xils, Blu-Xils tepaliklari (bal. 862 m gacha) bor. Iqlimi mo»tadil Konti — nental iklim (o’rtacha oylik t-ralar -3° dan 26° gacha). Yillik yogin 550-950 mm, yozi qurg’oqchil. Asosiy daryolari — Kan- ZAS va Arkanzas (yilning ko’p qismida kamsuv). K. — AQShning q.x. rivoj- langan shtatlaridan. Q.x.da 2/3 tovar mahsulotini chorvachilik, asosan, go’sht chorvachiligi beradi. Dehqonchilikda jo’xori (sorgo) va kuzgi bug’doy etish- tiriladi. Mamlakatda bug’doy hosili bo’yicha 1-, qoramol soni bo’yicha 4-o’rinda. Oziq-ovqat (go’sht-konserva, un tortish, em i.ch.) sanoati rivojlangan. Aviasiya, avtomobilsozlik, q.x. mashi- nasozligi, neftni qayta ishlash, kimyo sanoati korxonalari bor. Neft, tabiiy gaz, geliy (AQShda 1-o’rinda) olinadi. K. hududini evropaliklar egallagunga qadar, u erda indeys qabilalari yasha- gan. Evropaliklar K. ga il k bor 1541 y.da kelgan. 1803 y.dan AQSh bu shtatni Luiziana tarkibida Frantsiyadan sotib olgan. 1854 y.da AQShga qarashli hudud maqomi berildi.