Kapitel

Kapitel (lot. capitellum — kal- lak) — kolonna, ustunning tepa bezatil- gan qismi (q. Bosha). K.lar qad. me’mor- likdagi order tizimida (q. Me’morlik orderlari) takomillashtirilgan. U ar- xitrav (bosh ustun, xari)ni yoki ustiga qo’yilgan yukni ushlab turadi. K. dastlab Sharqsa, keyinchalik Evropa me’mor- ligida keng qo’llanilgan. O’rta Osiyo, Sharq, Kavkazda ham milliy naqsh va bezakli K.lar mahalliy me’morlikning o’ziga xos uslubida shakllangan. O’rta Osiyoda Kushon podsholigi me’morligida Gandxara an’analari ta’sirida Korinf orderi uslubidan foydalanilgan (mas, Termiz, Ayritom va Tuproqqal’adan to- pilgan K.lar). 19-a. oxiri va 20-a. bosh- larida Evropa me’morligiga taqlidan O’zbekistonda bosh tarzini hashamatli, qator kolonnali K. (paxta, meva va b. bez- aklar) b-n pardozlangan binolar qurish avj oldi [Beshyog’och maydonidagi turar joy binosi (me’mori M. Bulatov, 1955), Chirchikdagi kimyogarlar (me’mori A. Pe- trosov, 1956) va Bekoboddagi Metallur- glar (me’mori A. Boboxonov, 1950-60) madaniyat saroylari va b.].3amonaviy binolar qurilishida K. ning o’ziga xos uslublari yaratilmoqda (metroning «Mustaqillik maydoni» bekati, temu- riylar tarixi davlati muzeyidagi K. bezaklari va b.).