Kaptaj
Kaptaj (lot. capto — ushlayman, tu- taman) — er osti suvlarini ochish, ular- ni er yuzasiga chiqarish va muayyan muddat davomida turgun (optimal) ko’rsatkichlar b-n (suv sarfi, kimyoviy tarkibi, harorati va sh.k.) foydalanishni ta’min- lovchi muhandislik-texnikaviy tadbir- lar majmui. Jan. Sharqiy Osiyoda, O’rta Osiyo va Zakavkazeda tarqalgan qadimiy K. inshootlaridan biri korizdir. Er osti suvlarning zamonaviy K. inshoot- lari (asosan, burg’i qudug’i) o’zining kon- struktsiyasi va tiplariga ko’ra turli xil bo’lib, ular gidrogeologik sharoit xusu- siyatlarini, suv tarkibini, texnika va sanitariya talablarini, foydalanish re- jimi va maqsadlari va b.ni hisobga ol- gan holda quriladi. Yuzaroq joylashgan suvli qatlamlardan er osti suvlarini olishda K. ning eng sodda turi — shaxta- Simon quduqlardan foydalaniladi. Fav- vora bo’lib chiqadigan er osti suvlari va namakoblardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi.