Kuala-Lumpur

Kuala-Lumpur — Malayziya- ning poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy Mar- kazi. Federal poytaxt hududining ma’- muriy markazi. Malakkaya.o.ningjan.- g’arbiy qismida, tog’lar b-n o’ralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qo’shilish erida joy- lashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yog’in ko’p yog’adi (yiliga o’rtacha 2440 mm) va yil davomida t-ra yuqori bo’ladi (o’rtacha yil- lik t-ra 28,2°). Aholisi 1,3 mln. Kishi (2000). K.-L. 19-a.ning 80-y.larida shu atrofdan qalay qazib chiqaruvchi kon- chilar qishloqlari o’rnida bunyod etil- gan. 1880 y.dan Salangor sultonligi- ning poytaxti. 1896 y.dan federasiya qilib birlashtirilgan Malayya Sulton- liklarining ma’muriy markazi. 1946 y.dan Angliya mustamlakasi — Malayya Ittifoqining, 1984 y.dan Malayya Fede- rasiyasi (Malayya)ning markazi. 1957 y. avg.dan mustaqil Malayya Federasiyasi, 1963 y.dan Malayziya Federasiyasining poytaxti. K.-L. muhim transport yo’llari tu- guni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T. y. va shosse yo’l orqali Malakka bo’g’ozi sohilidagi Port-Suettenem sh. b-n bog’langan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va q.x. r-nining markazi. To’qimachilik, Elektrotexni- ka, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, Tse- ment, yog’ochsozlik, metallsozlik sanoati, t.y. jihozlari i.ch., avtomobil yig’ish korxonalari mavjud. Texnologiya un-ti, Malayziya un-ti, milliy muzey, kutubxo- nalar bor. Shaharning Markaziy Femida hukumat ma’muriy binolari, savdo fir- malari, yirik banklar joylashgan. Me’- moriy yodgorliklardan masjid, Mariam- mam ibodatxonasi va b. saqlangan.