Kuyish

Kuyish (tibbiyotda) — yuqori t-ra, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, og’ir metallarning tuzlari va b.), elektr toki va radioaktiv nurlar ta’-sirida to’qimalarning shikastlanishi. Shunga ko’ra, termik K., kimyoviy moddalar va nurlar ta’sirida K. farq qilinadi. Tur- mush va i. ch.da yuqori t-ra ta’sirida K., ya’ni termik K. ko’p uchraydi. To’qimalarning zararlanishiga qarab K. ning 4 darajasi farklanadi: I dara j a da — teri qizarib, bir oz shi-shadi, 4-5 kundan so’ng tuzala boshlaydi. II da- rajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sarg’ish, suyuqlik b-n to’la pufakchalar paydo bo’ladi, ular yorilganda terining yuza qanati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infektsiya tush-masa, 10-15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — te- rining hamma qanati o’ladi (teri usti qorayib keta-Di — nekroz). IV darajada — teri va teri osti to’qimalari (pay, mu- skullar va hatto suyaklar) kuyib ko’mirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda se- kin tuzaladi, ko’pincha o’sha joyda chu-qur chandiqlar paydo bo’ladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni bu-zadi. Bo’yin va bo’g’im atrofidagi Chan-diklar (og’ir turlari) ular harakatini cheklab qo’yishi mumkin (q. Kontraktura). K.ning og’ir-engilligi faqat K. da- rajasiga qarab emas, balki qancha joy kuyganligiga, ya’ni shikastlangan ki- shining butun gavda yuzasiga qarab (% hisobida) aniqlanadi. K.da beriladigan birinchi yordam tu- tayotgan, yongan yoki kimyoviy moddalar to’kilgan kiyimni echib yoki qirqib olish, kuygan joyga aseptik bog’lov qo’yishdan iborat. I darajali K.da kuy- gan joyga 79° li spirt, arak,, odekolon, margansovkaning nimrang erit-masi surtiladi. Gavdaning ko’p qismi kuygan- da bemorni tezlik b-n davolash muassa- sasiga olib borish kerak. Birinchi yordam ko’rsatishda kuygan joydagi pufakchalar- ni yorish, har xil malhamlar qo’yish, Xu- Susan, siydik bog’lash yaramaydi.