KRASNOYARSK O’LKASI

KRASNOYARSK O’LKASI – RF tarkibida, asosan, Sharqiy Sibir hududida, Enisey xavzasida joylashgan. Shim.-Sharqiy iqtisodiy r-nga kiradi. 1934 y. 7 dek.da tashkil etilgan. Mayd. 2339,7 ming km;. Aholisi 3080 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuning- dek, ukrain, xakas, tatar, evenk, dolgan, Nenes va b. ham yashaydi. Shaharliklar 74,2%. 48 tumanga bo’lingan, 25 shahar, 46 shaharchasi bor (1998). Taymir (Dolgan Neneslari Muxtor okrugi) va Evenklar Muxtor okrugini o’z ichiga olgan. Markazi — Krasnoyarsk sh. K. o’. Shim. Muzoqeani qirg’oqlaridan Jan. Sibir tog’lari — Sharqiy va G’arbiy Sayan tog’larigacha da- vom etgan. Enisey daryosining chap sohili tekislikdan iborat. Eniseydan sharkda O’rta Sibir yassitog’ligi (o’rtacha bal. 500— 700 m) joylashgan. K. o’. ko’mir, temir rudasi, rangli metallar va po- limetallar, grafit va b.ga boy. Iqlimi keskin kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -18° dan -36° gacha, iyulniki 13— 20°. Yiliga shim.da 200-300 mm dan Jan. Sibir tog’larida 800-1200 mm gacha yog’in to’shadi. Shim.da abadiy muchloq erlar bor. Asosiy daryosi — Enisey, uning yirik irmomari: anga- ra, Tunguska, Toshloq Tunguska va quyi To’nguska va b. Katta qismi taygadan ibo- rat. K. o’.da «tosh ustunlar» qo’riq-xonasi bor. Rangli metallurgiya (Norilsk kon-metallurgiya k-ti), mashinasozlik (o’rmon va tsellyuloza-qog’oz sanoati uchun jihozlar) va metallsozlik, konchilik (ko’mir, temir ruda, rangli va Nodir me- tallar, grafit va b.), o’rmon-yog’ochsozlik, tsellyuloza-qog’oz, qurilish materialla- ri, engil, oziq-ovqat sanoati korxona- lari bor. Krasnoyarsk, Ust-Xantay, Sa- Yan-Shushensk va Mayn GESlari, Krasno- yarsk-2, Vazarov GRESlari ishlab turib- Di. K. o’. Sharqiy Sibirning muhim q. x. r-nlaridan biri. Jan.da g’alla (bug’doy, javdar, grechixa, tariq, arpa va b.) va texnika ekinlari (tolali zigir va b.) ekiladi. Kartoshkachilik, sabzavot-chi- lik, go’sht-sut chorvachiligi, mayin junli qo’ychilik va yilqichilik b-n shugullani- ladi. Shim.da bug’uchilik va darrandachi- lik ham bor. Mo’yvali qayvonlar ovlana- Di. Ov xo’jaligi va balikchilik mavjud. Transsibir t. y. magistrali bor. Eni- Sey daryosida kema qatnaydi. Kurortlari: Shara, Uchum.