Kosmonavt

Kosmonavt (Kosmos va Yun. Nautes — dengizda suzuvchi), astronavt — kos- mik kema (kk) da kosmosga parvoz qilib, kosmik texnikani sinovchi va ishlatuv- chi, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan kishi; kosmosga inson parvoz qilganidan (1961) so’ng paydo bo’lgan kasb. AQSh da astronavt deb ataladi. K.da muayyan Xu- susiyatlar (uchuvchilik qobiliyatining yuqoriligi, har xil shoshilinch vazi- yatlarda tez qaror qabul qila olishlik, shovqinlar, titrashlar, tezlik va tez- lanishlarning uyg’unlashgan ta’siriga, vaznsizlikka chidamlilik, amaliy va ilmiy kuzatuvlarni o’tkazish hamda natijalarni qayd qilib bora olishlik, jismoniy va ruhiy jihatdan barkamol bo’lish, faloqat va haloqatli vaziyatlar- da shoshib qolmay, yonidagilarga yordam qo’lini cho’zish va b.) mujassam bo’lishi lozim. Shuning uchun K.likka nomzod- lar dastlab, asosan, harbiy uchuvchilar, sinovchi-uchuvchilar orasidan tanlab olingan. Keyinchalik kosmik kemalar ekipajlari tarkibiga maxsus tayyor- garlik va bilimga ega bo’lgan olimlar va muhandislar ham kiritila boshladi. Hozir (2003) ularning katoriga Max- sus tayyorgarlikdan o’tgan sayyohlar ham qo’shilmokda. Dastlabki K. larni tayyorlash ish- lari AQSh da 1959 y.da, SSSRda 1960 y.da boshlangan. Birinchi K. (Yu. A. Ga- Garin) 1961 y. 12 apr.da kosmosga parvoz qildi. Keyinchalik (1969 y. 16-24 iyul- da) AKSH astronavtlari N. Armstrong, E. Oldrin va M. Kollinz oyga parvoz qildilar. Birinchi ayol — K. Valentina Tereshkova 1963 y. 16 iyunda kosmosga parvoz qildi. K.-uchuvchi A. L. Leonov 1965 y. 18 martda «Vosxod-2» kk da kos- mosga parvoz qildi (P. P. Belyaev b-n birga) va jahonda birinchi bo’lib ochiq kosmosga chikdi. O’zbekistonlik K.— uchuvchi V. A. Jonibekov o’zining Kosmos- ga qilgan 5 parvozi mobaynida 145 kun 15 soat 58 min. 29 sek. kosmosda bo’lgan, 2 marta ochiq kosmosga chiqib, muhim i. t. va amaliy ishlarni bajargan. O’zbek uchuvchi-astronavti S. Sharipov 1998 y. avg.da amerikalik va rossiyalik 7 kishi- lik ekipaj tarkibida «Endever» kk da kosmosga parvoz qildi. 1961-2003 y.lar mobaynida kema komandiri va ekipaj a’- zosi sifatida 430 tadan ortiq kishi kos- mosga parvoz qilgan.