Kosonsoy

Kosonsoy — Namangan vilo- yatining Kosonsoy tumanisagm shahar. Tuman markazi. Yaqin t.y. stantsiyasi va viloyat markazi — Namangandan 28 km. K. viloyatning shim. qismida, O’zbekiston b-n Qirg’izistonni bog’lab turuvchi Avto- magistral yoqasida, Kosonsoy soyining har ikki sohilida joylashgan. O’rtacha 760 m balandlikda. Aholisi 41,7 ming kishi (2002), Kosonsoy suv omboridan suv oladi. K. O’zbekiston xududidagi qad. shaharlardan biri. Shaharga mil. AV. 4-3-a. larda asos solingan. Mil. AV. 1-a.da Kushonlar saltanatining poytax- ti bo’lgan. Shahar ikki qator baland de- vor b-n o’ralgan. Uning ichida hukmdor arki, ayonlar uylari hamda ular atrofi- da aholi xonadonlari joylashgan. Qal’a devorida uchta darvoza bo’lgan. Shahardan bir oz shimolrokda joylashgan Mug’ qal’asi shim.dan keladigan ko’chmanchilar hujumidan muhofaza etgan. Kushon sal- tanati barham topganidan keyin ham K. bir necha asr davomida Farg’ona vodiy- sining yirik shaharlaridan biri bo’lib turgan. 5-7-a. larga kelib, Buyuk Ipak yo’li tarmog’ining Farg’onadan o’tishi b-n shaharda savdo va hunarmandchilik yana ravnaq topdi. Karvonsaroylar, sav- do rastalari qurildi. 7-a. oxiri — 8-a. boshlarida K. Farg’ona ixshidligi (pod- sholigi) ning poytaxtiga aylandi. K. tarixiga oid dastlabki ma’lumotlar qad. Xitoy sayyohi Chjan Syan (mil. AV. 128 y.), Syuan Szan (630 y.), Arab ta- rixshunoslaridan Ya’qubiyning «kitob ul-buldon», Muqaddasiyning «Axsan ut- taqosim» asarlarida uchraydi. Ya’qubiy asarida arablar bosqini davrida K. poytaxt sifatida tilga olingan. Bobur davrida K. Farg’onadagi mavjud 8 shahardan biri bo’lgan. Shahar nomi qad. Xitoy manbalarida «kesay» yoki «Gessay» shaklida qayd etilgan. K.ni 1212 y. da naymanlar hukmdori kuch- Luk bosib olgan. Keyinroq mo’g’ullarga bo’ysungan. Shaharda shoyi to’qish, poyabzal f-kalari, mahalliy sanoat, non k-tlari, qurilish tashqilotlari, O’zbekiston- Italiya, O’zbekiston-Turkiya qo’shma kor- xonalaridan «Kosonsoy-Tekmen», «at- lasmen» va b. yuzlab kichik korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda. 12 umumiy ta’lim, musiqa maktablari, pedagogika va tibbi- yot bilim yurtlari, iqtisodiyot, maishiy xizmat, transport, aloqa va engil sanoat kasb-hunar kollejlari mavjud. Madani- yat uyi, «To’qimachilar» madaniyat saroyi, Markaziy va bolalar kutubxonalari, sta- Dion (25 ming o’rin), «Do’stlik» va «yosh- lar» xiyobonlari, madaniyat va istirohat bog’i, o’lkashunoslik muzeyi bor. Markaziy kasalxona (330 o’rin), 3 ta poliklinika, tibbiy tez yordam markazi va b. tibbiy muassasalarda 800 dan ziyod tibbiyot xodimi faoliyat ko’rsatmoqda. Mashhur faylasuf olimlardan mav- lono Alouddin Abubakr ibn Mas’udi Kosoniy, Sayid Axmad ibn Mavlono ja- moliddin Mahdumi A’zam, g’azalnavis shoirlardan Muhammadsharif O’zlat ko- soniy, Muhammad Aminxo’ja Kosoniy, Murtazo Kosoniy, etuk tarixnavis olim Muhammad ibn Vali Kosoniylar shu erda yashab o’tganlar. O’sha davrlarda shahar o’zining naqqosh, ganchkor, duradgor, atlas to’quvchilari b-n dunyoga mashhur bo’lgan.