Kosmik biologiya

Kosmik biologiya – kosmik bo’shliq turli omillarining tirik or- ganizmlarga ta’sirini o’rganadigan bio- logik soha. Kosmik parvoz sharoitida Erdagi organizmlarni tadqiq qilish me- todlari va ular hayotiy faoliyatini ta’- minlash (sun’iy biologik sistemalar ekologiyasi) vositalarini ishlab chiqish ham K. b.ning asosiy vazifalaridan biridir. Kosmik parvozning, birinchi navbatda, vaznsizlikning tirik orga- nizmga ta’siri to’g’risidagi dastlabki tadqiqotlar 40-y.lar oxiri, 50-y.lar boshida sobiq Ittifoqda o’tkazilgan. Bu boradagi asosiy tadqiqotlar 1957 y.da Erning 2-sun’iy yo’ldoshida «Layka» laqabli it uchirilganidan so’ng bosh- langan. Bu tadqiqotlar tufayli kosmik kemalarda hayotni ta’min etish sistema- lari sinovdan o’tdi va mukammalashti- rildi; insonning kosmik parvozi uchun imkon yaratildi. Kosmik parvozda organizmga har xil noqulay omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillar kosmik bo’shliqning Fi- zik holati (muhitning o’ta siyrakligi, himoya kiyimisiz ochiq kosmosga chiqishga imkon bermaydigan ionlashtiruvchi ra- diasiya), uchish apparatlarining xusu- siyatlari (shovqin, vibrasiya, tezlanish, vaznsizlik) va kosmik kemadagi hayot sha- roiti (sun’iy atmosfera, harakatning cheklanganligi, emosional zo’riqish va b.) b-n bog’liq bo’lishi mumkin. Ana shu omillarni alohida organizmga yoki ular guruhiga ta’sirini o’rganish K. b.ning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotlar har xil omil- lar va ular ta’sirini er sharoitida mo- dellashtirish orqali va Real kosmik par- voz sharoitida amalga oshiriladi. Bun- Day eksperimentlar dastlab turli bio- logik ob’ektlar (asosan, oq sichqonlar) da o’tkazilib, vaznsizlik holati va ionlashtiruvchi radiasiya ta’sirida organizmning muskul, qon aylanish, hazm qilish va b. sistemalarida sodir bo’ladigan o’zgarishlar tadqiq qilingan. Vaznsizlik holatining organizmga sal — biy ta’sirini sun’iy tortish kuchi yara- tish orqali ancha kamaytirish mumkinli- gi aniqlandi. Kosmik parvozning orga- nizmga ta’siri oqibati ham o’rganilib, kosmik bo’shliq omillari hayvonlarning umriga sezilarli ta’sir ko’rsatmasligi isbot qilindi. Tadqiqotlar natijasi- da tirik organizmlarning vaznsizlik sharoitiga moslashuvi mexanizmi, gra- vitasiyaning fundamental biologik ja- rayonlar — hujayraning bo’linishi, bel- gilarning irsiylanishi, organizmning o’sishi va ko’payishiga ta’siri to’g’risida juda muhim ma’lumotlar olindi. Shu- ningdek, o’simliklar rivojlanishining to’liq tsikli amalga oshirildi. Olingan ma’lumotlar uzoq davom etadigan kosmik parvozlar uchun ishlab chiqilgan tibbiy biologik tavsiyanomalarga asos bo’ldi; kosmik parvozlarni yana ham uzoqroq da- vom ettirishni prognoz qilishga imkon berdi.