Kosmetika

Kosmetika (Yun. kosmetike — pardoz qilish, bezash san’ati) — kishi- lar qiyofasini xushro’ylashtirish chora- tadbirlari hamda vositalari majmui. K. juda uzoq, tarixga ega. Miloddan 200 y. avval Misrda pardoz uchun har xil materiallar va dori-darmonlardan foy- dalanishgan. Pardoz vositalari tayyorlash sir- asrorlarini faqat tabiblar bilgan. K. 19-a.ga kelib ilmiy jihatdan rivoj topdi va bora-bora tibbiyot xodimlari qo’liga o’tib, teri, soch va tirnoqlar par- varishi, badandagi tug’ma va keyin paydo bo’lgan har xil kamchiliklarni yo’qotish b-n tibbiyotning maxsus bo’limi — kosme- tologiya shug’ullanadigan bo’ldi. K. shart- li ravishda gigienik, vrachlik va pardoz K.siga bo’linadi. Gigienik K. odamning- tabiiy go’zalligini saqlab qolish, teri kasalliklarining oldini olish va unda yuzaga keladigan nuqsonlarni bartaraf etish mulojalarini amalga oshiradi. Yuz terisini to’g’ri parvarish kilish (yuz terisini vaqtida tozalab turish, massaj qilish va h. k.), kosmetik vositalar (upa, yog’upa va b.)dan bilib foydalanish, unga turli ajinlar tushib, barvaqt so’lishi, shuningdek, husnbuzar, sepkil toshishi, har xil dog’lar tushishi kabi noxush-liklarning oldini oladi. Yuz terisi- ni tozalash zarurligi yoki bunga hojat yo’qligini faqat kosmetolog vrach hal qiladi. Vrachlik yoki davo K.si terini parvarish qilish, uning turli nuq- sonlarini yo’qotish, soch, og’iz bo’shligi, Tirnoqlarni parvarishlashning gigie- nik va davo tadbirlarini o’z ichiga ola- Di. Teri barvaqt so’lishining oldini olish va davolash uchun kosmetolog vrach maslahati b-n massaj, maska, losonlar, oziklantiruvchi kremlar, fiziotera- pevtik usullar qo’llash tavsiya etiladi. Teri juda bo’shashib, osilib qolgan va ko’p ajin tushgan bo’lsa, jarrohlik usu- li qo’llanadi. Vrachlik K.si juda quruq yoki yog’li teri, sepkil, soch kasalliklari (q. Soch), husnbuzar, seboreyani davolash, xunuk xol, chandiq va tatuirovkalarni, yuzdagi tug’ma va shikastlanish natija- sida hosil bo’lgan nuqsonlarni yo’qotish choralarini ham ko’radi. Pardoz K.si yordamida nuqsonlar (chandiq, xunuk xol) berkitiladi. Kos- metik vositalardan to’g’ri foydalanib, lab, ko’z, quloq ko’rinishlarini xushro’y qilish mumkin. K.dan xabarsiz kishi- lar maslahati b-n har xil krem, loson va b. pardoz buyumlarini bilar-bilmas ishlataverish yaramaydi. Bu vaqtidan ilgari ajin tushishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun kosmetolog vrach maslahatlariga qat’iy amal qilish ke- rak. Ad.: Agafonov A. V., Kosmetika s grya- dok i poley, T., 1998.