Kontsert

Kontsert (lot. concerto — musobaqalashaman) — 1) oldindan e’lon qilingan dastur asosida san’atkorlar- ning maxsus joy (zal, sahna)da chiqishi; musiqa, adabiy, estrada asarlarini om- maviy ijro etish. K. dastlab mumtoz (simfonik, kamer, yakkaxon vokal hamda yakkanavoz cholg’u va b.) musiqa asarlarini ijro etilishi hamda tinglanishi uchun tashqil etilgan jamoa tadbiri sifatida namoyon bo’lgan. Birinchi K.lar 1672-78 y.larda Londonda skripkachi J.Banister tomonidan uyushtirilgan. 19-a.da esa K.larni turli musiqa jamiyatlari, Fi- larmoniyapar tomonidan tashqil etili- shi rivoj topgan. Hozirda K. atamasi badiiy mazmuniga hamda namoyon bo’lish joyiga qarab — adabiy, raqs, kino, estrada K.lari, radio—K.i va b. ma’nolarda talqin etiladi. O’zbekistonda K.larni «O’zbeknavo», «O’zbekraqs», «O’zbekteatr» davlat bir- lashmalari, O’zteleradiokompaniyasi, Madaniyat ishlari vazirligi va b. uyush- tiradi; 2) Evropa mumtoz cholg’u musiqasi janri, bir yoki bir necha yakkanavoz sozlar va orkestr uchun yozilgan musiqa asari. 17- a. oxiri — 18-a. 1-yarmida Evropa san’- atida vujudga kelgan (A.Vivaldinnt skripka va orkestr uchun K.lari). Yak- kanavoz cholg’u b-n orkestr (yoki cholg’u guruhlari) o’rtasida ijo-diy musobaqa, munozara K.ning o’ziga xos xususiyatidir. Vena klassik maktabi vakillari ijodi- da K.ning Sonata -simfonik turkumidan iborat yuksak namunalari yuzaga kelgan. L. Betxoven K.ning simfoniyalashuvini boshlab berdi. F.List bir qismli K. shaklini ijod qildi. K. janri, ayniqsa, 19-(N.Paganini, F.Shopen, R.Shuman, I.Brams, K.Sen-Sans, P.Chaykovskiy va b.) va 20-a.lar (B.Bartok, S.Prokofev, M.Ravel, S.Raxmaninov, Ya.Sibelius, I.Stravinskiy, P.Xindemit, D.Shostakovich, A.Xachaturyan, Q.Qoraev, A.Shnitke va b.) da keng rivoj top- Di. O’zbekistonda K.ning ilk namu- nalari 1940-y.larda paydo bo’ldi (G.Mushelning fortepiano K.lari). Key- inchalik ik.Akbarov, B.Gienko, F.Yanov- Yanovskiy, S.Jalil, R.Abdullaev, N.G’iyosov, A.Ergashev va b.ning ayrim sozlar, turli orkestrlar uchun yaratil- gan K.lari diqqatga sazovor. I.Hamroev, M.Bafoev, P.Xoliqov, A.Otajonov va b. o’zbek xalq cholg’ulari uchun K.lar yaratish- gan.