Konflikt

Konflikt (lot. contlictue — ixti- lof, to’qnashish) — 1) qarshi tomonlar, fikrlar, kuchlar to’qnashuvi; 2) adabiyot va san’atda — badiiy asar mohiyatida yotgan ziddiyat, personajlarning o’zaro to’qnashishi, ixtilofi. K. epik asarlarga nisbatan qo’llanadi, lirik asarlarda esa u kolliziya, kechinma, fikr oqimi tarzida namoyon bo’ladi. K.ning 3 xil ko’rinishi mavjud: asar qahramonlarining bir- birlari b-n to’qnashuvi, kurashi; shart- sharoit, muhit b-n to’qnashuv; o’z-o’zi b-n ichki kurash. Dramaaa K. hara-katni ri- vojlantiruvchi, keskinlashtiruvchi xusu- siyatga ega. K.da yozuvchining dunyoqarashi, voqelikni, hayotni, dunyoni va insonni qanday idrok etishi va tushunishi namo- yon bo’ladi. Dramaturgiyada «tashqi» K.ga keng o’rin beriladi, bunda qahramonlar o’zaro bir-biri b-n ixtilofda, kurashda bo’ladi, «ichki» K.da esa qahramonning o’z burchini his etishi b-n ojiz ruhiy tomoni, hissiy iztiroblari, holati o’rtasidagi ziddiyat tarzida ko’rinadi. Mazmuni, yo’nalishi nuqtai nazaridan K.ning maishiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va b. turlari mavjud. Voqealar rivoji davomida ijtimo- iy K. siyosiy K.ga, siyosiy K. falsafiy K.ga aylanishi mumkin. Katta, o’tkir g’oyalar uchun keskin kurashga asoslangan to’qnashuvda fojiaviy ruh ustun bo’lib, fojiaviy K.ni tug’diradi yoki kulgi- li, o’tkir hajviy yo’nalishdagi vaziyat, holat, voqealar kulgili ruhni hosil qiladi. K.ning mohiyati zamon, makon b-n jips bog’liq. Shunday K.lar bo’ladiki, davr o’tishi b-n ular barham topadi. Mac, qad. dunyoda yaratilgan asarlar K.ti za- minida taqdir taqozosi turgan bo’lsa, o’rta asrlardagi asarlarda ilohiy kuch b-n insondagi shaytoniy hirs K.ning asosini tashqil etadi. Romantizm dav- rida voqelik, muhit, shart-sharoit b-n ideal o’rtasida, yaxshilik b-n yomonlik, ruhiy erkinlik b-n turmush tashvish- lari o’rtasidagi ziddiyat hukmronlik qilgan, realizm tantana qilgan davrda inson mohiyati, uning istagi, imkoniyati b-n ijtimoiy-tarixiy shart-sharoit za- minida K. yuzaga kelgan. Shunday boqiy mavzular borki (mas, saxiylik va xasis- lik, vafodorlik va bevafolik, tiriklik va o’lim), bo’larda K. har bir davrning ma’naviy, ruhiy talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib talqin qilinadi. Sho’rolar davrida — sosialistik realizm metodi hukmronlik qilgan davrda K. zaminiga ijtimoiy-sinfiy antagonizm qo’yilgan va bu ziddiyatning inqilobiy yo’l b-n echilishi talab qilingan, individual axloq b-n jamoa ongi o’rtasidagi, Xu- susiy mulkchilik ruhiyati b-n jamoat, xalq manfaati o’rtasidagi kurash tar- zida qo’yilgan. Sho’ro tuzumini tanqid qilish man etilgan va shu tufayli ada- biyotda, ayniqsa dramaturgiyada K.sizlik «nazariya»si kelib chiqqan. Hayotdagi keskin ziddiyatlarni chetlab o’tish, voqelikni, hayotni bo’yab ko’rsatish, in- sonni shunchaki bir qo’g’irchoq, robot tar- zida ko’rsatish bu davr adabiyotining bosh belgisi bo’lgan. Milliy mustaqillik tufayli o’zbek adabiyoti va san’atining ijodiy usuli realistik metod bo’lib qoldi, hayot va insonni haqqoniy tas- virlash, voqelikdagi ziddiyatlar ku- lami va mohiyatini teran ochish, inson va jamiyatning kamol topishidagi Qi- yinchiliklarni, murakkab jarayonlarni oqilona tasvirlash yagona mezonga aylan- Di. Ammo yozuvchi, san’atkor voqelikdagi ziddiyatlarni qanday bo’lsa, shundayli- gicha badiiy asarga ko’chirmaydi, aksincha, ularni tanlab oladi, umumlashtiradi, yanada keskinlashtiradi, ular ma’nosi, mohiyatini ochadi, tushuntiradi. Sadohiddin Mamajonov.