Kesson kasalligi

Kesson kasalligi — asosan, Kessondan chiqqach va g’avvoslik ishlari- ni bajargach, dekompressiya ( yuqori bo- simdan birmuncha past bosimli muhitga asta-sekin o’tish) qoidalari buzilishi- dan kelib chiqadigan kasallik hola-ti, dekompressiey kasalliklardan. Kasb kasalligi hisoblanib, asosan, kessonda ishlovchilarda uchraydi. Ancha yuqori bo- simli muhitdan birmuncha past bosimli muhitga birdan o’tilganda to’qimalarda erigan azot pufak-pufak bo’lib ajralib chiqib, qon tomirlarda emboliya hosil bo’ladi. Emboliyaning o’rniga, ya’ni qaerda joylashganiga qarab kasallik belgilari turlicha bo’ladi. O’tkir K. k.da badan qichi-shadi, bo’g’im va muskullar og’riydi (engil shakli); bemorning boshi aylanadi, og’riydi, korni dam bo’ladi, qulog’i shang’illaydi, qayt qiladi, muvo- zanat saqlay olmaydi (o’rtacha og’ir shak- li); ba’zan nutq buziladi, ko’z ko’rmay qoladi, bemor hushdan ketadi, falajla- nadi, miokard yoki o’pka infarkti (og’ir shakli) kuzatiladi. Hayot uchun muhim a’- zolarga ko’plab pufakchalar to’planishi, hatto o’lim sodir bo’lishi mumkin. Su- runkali K. k. sekin-asta rivojlanadi yoki kasallikning o’tkir davridan keyin yuzaga keladi, bunda bo’g’im va suyaklar, shuningdek, orqa miya, eshitish a’zolari zararlanadi, miokard distrofiyasi va b. noxush holatlar ro’y beradi. Kasallik- ning oldini olish uchun dekompressiya qoidalariga amal qilish, ya’ni yuqori bo- simli muhitdan quyi bosimli muhitga asta-sekin o’tish talab etiladi. Davosi: bemorni «davo shlyuzi»ga joylashtiri- ladi, undan chiqqach, yurak faoliyatini yaxshilaydigan dori-darmonlar, issiq muolajalar buyuriladi.