Kiev

Kiev — Ukraina poytaxti (1934 y.dan). Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiev viloya- ti markazi. Dnepr daryosidagi port. Yi- rik t.y., shosse va havo yo’llari tuguni. Dnepr daryosining o’rta oqimida joy- lashgan. Yanv.ning o’rtacha t-rasi -5,8°, iyulniki 19,5°, shahar mayd. 800 km2. Aholisi 2635,3 ming kishi (1998). Hoz. K. xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar bo’lgan. «K.»nomi 5-a. oxiri — 6-a. bo- shidagi uning afsonaviy asoschisi kiy ismi b-n bog’liq. K. mil. 6-7-a.larda Sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882 y. K. Knyaz Oleg qo’l ostiga o’tdi va 1132 y.gacha Kiev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markazi. 1240 y. K.ni mo’g’ullar zabt etdi. 1362 y.dan Litva va Polsha tarkibida. 1654 y.da Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shib olingan. 1917 y.okt.da hokimiyatni Markaziy Rada eg’alladi. 1918 y. 26 yanv.da K.ni ki- zil armiya bosib oldi. 1918 y. 1 martdan K. avval nemislar, keyin denikinchilar qo’l ostida bo’ldi. 1920 y. lardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati o’sa boshladi. 1941 y. sent.da K.ni FA- shistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943 y. noyab.da K. ozod etildi. 1990 y.dan mustaqil Ukraina poytaxti. Mashinasozlik, shu jumladan, sta- noksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Engil (shoyi to’qish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati kor- xonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ish- lab turibdi (1960 y.dan). Ukraina FA, 18 oliy o’quv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filar- moniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, T.G.Shevchenkoning adabiy-badiiy mu- zeyi, tarix, ukrain tasviriy san’at mu- zeyi, rus san’ati, G’arb va Sharq san’ati muzeylari, xalk, me’morligi va turmushi muzeyi, Kiev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi san’ati muzeylari, adabiyot va san’at arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va b.), respublika stadioni bor. K.da Sofiya sobori (11-a.; qo’ng’iroqxonasi 17-19-a.lar), Oltin darvoza (11-a.), Vidubesk monastiri (II-a.), Spas cherkovi (11-a. oxiri — 12- a. boshi), Kirill cherkovi (12-a.), Kiev- Pechera lavrasi (12-18-a.lar), Andreev cherkovi (18-a.), Vladimir sobori (19-a.) saqlangan. 1947-54 y.larda shahar Mar- kaziy ko’chasi ansambli — Kreshchatik barpo etilgan. 60-80-y.larda Rusanov- ka, Obolon va b. turar joy massivla- ri vujudga keldi. Babiy yarda yodgorlik (1976), «1941-45 y.lar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi» memorial maj- muasi (1981) barpo etildi.