Kiev viloyati

Kiev viloyati — Ukrainadagi viloyat. 1932 y. 27 Fev.da tashkil etil- gan. Mayd. 28,1 ming km2. Aholisi 4510 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, yahudiy, Belorus, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. 25 tumanga bo’lingan; 22 shahar, 29 shaharcha bor. Markazi — Kiev sh. K.v. Polese va Dnepr bo’yi pastte- kisliklari, Jan. va Jan.-g’arbda Dnepr bo’yi qirlarida joylashgan. Er yuzasi, asosan tekislik. Foydali qazilmalari: mineral qurilish materiallari, torf, qo’ng’ir ko’mir. Iqlimi mo»tadil Konti- nental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da -6,5° dan Jan.-g’arbida -5,5° gacha, iyul- niki shim.da 17,5°, Jan.-g’arbida 20°. Yi- liga 500-600 mm yog’in tushadi. Asosiy daryosi — Dnepr. Tuprogi shim. Qismida chimli podzol, Jan.da podzollashgan qoratuproq. K.v. sanoatida mashinasozlik va me- tallsozlik, kimyo va neft kimyosi, oziq- ovqat va engil sanoat etakchi o’rinda. VI- loyat sanoati Kiev GES, Kiev gidroakku- mulyativ elektrstantsiyasi, Tripol GRES, qisman Chernobil AES va b.da ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati- da kimyoviy jihozlar (Fastov), q.x. ma- shinalari (Belaya Tserkov), ekskavatorlar (Borodyanka), torf qazish texnikasi (ir- pen), oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar (Brovari, Grebyonki), uy-ro’zg’or sovut- kichlari va elektr dazmollar (Vasil- kov), elektrotexnika (Fastov, Belaya Tser- kov), sanitariya texnikasi jihozlari (Rjishchev) va b. ishlab chiqariladi. Bro- varida kukun metallurgiyasi z-Di ishlab turibdi. Sanoat majmuasida oziq-ovqat sanoati, qisman shakarqand, sut, moy-sir, spirt (Trilesi, Krasnaya Slobodka, Stad- Nisa), go’sht, sabzavot konserva (Belaya Tserkov) z-dlari salmoqli o’rin tutadi. Engil sanoatining tikuvchilik, triko- taj, to’qimachilik, ko’n poyabzal, zig’ir tola kabi tarmoqlari, kimyo va neft ki- myosi sanoatida Belaya Tserkov shina va rezina asbest buyumlari ishlab chiqarish birlashmasi, Brovari plastmassa z-Di, Nemeshaevoda biokimyo preparatlari z-Di bor. Yog’ochsozlik, jumladan, mebel sanoati ancha rivojlangan. Temir-beton buyumlari (Belaya Tserkov, Vishgorod), g’isht (Stayki, Belaya Tserkov, bucha), oy- na-shisha (Babintsi, bucha va b.) ishlab chiqariladi, granitga ishlov beriladi (Bucha). Badiiy keramika, badiiy kashta- chilik rivoj topgan. Q.x.da, asosan, g’alla etishtiradi. Texnika ekinlari, kartoshka va sabzavot ekiladi. Chorvachiligi sut-go’sht etishti- rishga ixtisoslashgan. Shahar atrofida sabzavot-sut xo’jaligi keng taraqqiy etgan. Kuzgi bug’doy, qand lavlagi, kar- toshka, tolali zig’ir, sabzavot ekiladi. Bog’dorchilik va rezavor mevachilik ri- vojlangan. Qoramolchilik, cho’chqachilik, parrandachilik, shuningdek, asalarichi- lik, ipakchilik, baliqchilik rivojlan- mokda. T.y. va avtomobil transporti yo’llari, aeroport bor. K.v.da Belaya Tser- kov q.x. in-ti, bir necha ilmiy tadqiqot in-tlari joylashgan.