Kimyoviy bog’

Kimyoviy bog’, kimyoviy bog’lanish — ikki yoki bir nechta atomlarning o’zaro ta’siri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radi- kallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil bo’lishi. Asosan, 2 xil bo’ladi: atom (kovalent) bog’ — ki- myoviy xossalari jihatidan bir-biriga o’xshash yoki xossalari bir-biriga yaqin bo’lgan atomlar o’rtasidagi bog’. Bu bog’ har qaysi atomdan bittadan electron o’zaro ta’sir etib shu atomlarga tegish- li birlashtiruvchi elektron juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga kela- Di. Bu bog’oddiy moddalarning (N,,S12, O2 va b.), murakkab moddalarning (SN4, N2O, NH4C1 va b.) va organiq birikma- larning molekulalariga xos. Kovalent boglar 2 atom uchun umumiy bo’lgan elek- tronlarning 2 jufti b-n yuzaga kelsa — qo’shaloq, 3 jufti b-n yuzaga kelsa — uch- lik kovalent bog’deb ataladi; struktura formulalarda ular 2 ta yoki 3 ta chiziqcha b-n ko’rsatiladi. Mas, N2S=SN2-etilen, NS=SN -atsetilen, N—C=N — vodorod tsianid va h.k. (yana k,. Donor-aktseptor bog’). Ion ( elektro v alent yoki geteropolyar) bog’ — elementlarning atomlaridan biri elektron berib (yo’qotib) musbat ionga aylanadi, ikkinchi element atomi esa bu elektronni qabul qilib, manfiy ionga aylanadi; so’ngra bu musbat va manfiy ionlar o’zaro boglanib molekula hosil qiladi. Bunday molekulaning musbat va manfiy qutbi bo’lgani uchun u, geteropo- lyar yoki ion bog’lanishli molekula dey- iladi. Ion bog’xossalari bir-biridan katta farq qiladigan elementlar — asl metallar b-n metallmaslarning atom- lari orasida (mas, natriy xlorid NaCl yoki kaltsiy ftorid CaF2 molekulasida) yuzaga keladi. Mendeleev davriy siste- masining 1-guruh metallari 1 zaryadli (ion valentligi +1), 2-guruh metallari 2 zaryadli (ion valentligi +2) ionlar hosil qiladi. Galogenlar, davriy siste- maning 7-guruh elementlari electron qabul qilib manfiy zaryadlangan (ion valentligi — 1) 1 valentli ionlar, kis- lorod va xossalari o’nga o’xshash element- lar esa 2 ta elektron qabul qilib man- fiy zaryadlangan (ion valentligi -2) 2 valentli ionlar hosil qiladi. K.b.ning yuqorida keltirilgan asosiy xillari orasida oraliq shakllari ham bor.