ZANJIRLI UZATMA
ZANJIRLI UZATMA — bir valdan ikkinchi valga aylanma harakat uzatuvchi zanjirli mexanizm. Ikkala valga bikr o’rnatilgan tishli g’ildiraklar (yulduzlar)ga kiydirilgan berk («uzluksiz») zanjir halqadan iborat. Zanjirning tuzilishi, yulduzchalar soni, yetakchi yulduzchaning aylanish yo’nalishi, yetakchi valning aylanish chastotasi (aylanishlar soni) ga, moylanishi va boshqalarga ko’ra turli xillarga bo’linadi. Zanjirli uzatma. Tishli g’iddiraklar zanjir halqa bilan tekis ishlashi uchun g’ildirak tishlari zanjirning tuzilishi (tipi)ga qarab yasaladi. Zanjirli uzatmalar bir tekis va shovqinsiz ishlaydi. Vtulkali va vtulkarolikli zanjirlar paydo bo’lishi bilan Zanjirli uzatmalar katta quvvat 700 Mn (70000 kilogramm kuch) ni katta (35 metr/sekundgacha) aylanish tezliklarida uzata oladigan bo’ldi. Turli mashinalar, mexanizmlar, motosikl va velosipedlarda qo’llaniladi.