KIMYOVIY INGIBITORLAR

KIMYOVIY INGIBITORLAR — kimyoviy reaktsiyalarni sekinlashtiruv- chi yoki to’xtatib qo’yuvchi moddalar. Faol markaz yoki faol zarrachalar ishtirokida boradigan katalitik va zanjir reaktsiya- larda qo’llaniladi. K.i. reaktsiya jarayo- nida katalizatorning faol markazlarini to’sadi yoki faol zarrachalar b-n ta’sir- lashib, zanjirni davom ettira olmaydi- gan nofaol radikallar hosil qiladi va natijada reaktsiyaning to’xtashiga sabab bo’ladi. K.i. sistemaga reaktsiyaga kiri- shuvchi moddalarning kontsentrasiyasiga nisbatan juda kam mikdorda (10~2— 10 s mol) qo’shiladi. K.i. nomaqbul jara- yonlarni, mas, metallarning korroziyala- nib emirilishini, yoqilg’i, surkov moy- lari va oziq-ovqat mahsulotlarining oksidlanishini sekinlashtirish yoki to’xtatishda keng qo’llaniladi. Reaktsiya- larning sekinlashuvi yoki to’xtashi K.i,- ning mikdoriga, tabiatiga va reaktsion muhitga, qo’shilgan vaqtga, t-raga va K.i. samaradorligiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar borligiga bog’liq. Korroziya ingibitorlari metallarni korroziyadan saqlash uchun korrozion faol muhitga qo’shiladi. Ular metall yuzasiga yutila- Di yoki metall ionlari b-n qiyin eruv- chi birikmalar hosil qiladi. Bu birik- malar metall yuzasida o’ta yupqa parda hosil qilib, uni himoyalaydi. Mashina detallarini saqlash va tashish vaqtida korroziyadan himoyalash uchun K.i. keng qo’llaniladi. Metallarni korroziyadan saklash uchun K.i. yoqilg’i, moy va polimer qoplamalarga ham qo’shiladi. Oziq-ovqatga xushbo’y hid beradigan va uning oksidlanishini to’xtatadigan tabiiy K.i. sifatida zira, zig’irak, Mar- Marak, mavrak va b. dorivorlar qadimdan ishlatilib keladi. Tabiiy yog’va moylar- dagi ingibitorlar (tabiiy K.i.), mas, to- koferollar yog’va moyni tozalash vaqtida yo’qoladi, shuning uchun tozalangan yog’va moyga odatda K.i. qo’shiladi, xom pax- ta moyi yoki soya moyi ham shu maqsadda ishlatiladi. K.i.ning ta’sirini boshqa moddalar, mas, tsitrat (limon) va askor- BAT kislotalar kuchaytirishi mumkin. Polimerizasiya ingibitorlari monomerlar saqlanganda yoki qayta haydalganda ularning polimerlanishi- ni to’xtatadi yoki sekinlatadi. Oltingu- gurt, fenollar, tannin, kanifol, mis tuzlari va b. polimerizasiya ingibitor- laridir.