Kimyoviy tolalar

Kimyoviy tolalar — tabiiy va sintetik polimerlardan olinadigan to- lalar. Dastlabki xom ashyoga qarab sinte- tik (sintetik polimerlardan olinadi- gan, mas, poliamid, poliakrilonitril tolalar) va sun’iy (tabiiy polimerlar- dan, mas, tsellyuloza va uning efirlaridan olinadigan tolalar) turlarga bo’linadi. Anorganiq birikmalardan olinadigan tolalar (shisha, bazalt, kvars tolalari) ni ham ba’zan K.t.ga qo’shishadi. Sano- atda ishlab chiqariladigan K.t. turlari: 1) uzun yakka tola; 2) shtapel tola (in- gichka tolalarning kalta bo’laklari); 3) filament iplar (bir talay ingichka va juda uzun tolalarning eshilgan tu- tami). K.t. qanday maqsad uchun ishlati- lishiga qarab to’qimachilik va texnika iplariga bo’linadi. Ularning ko’pchiligi pishiq, g’ijimlanmaydi, yorug’lik, na- mlik, zamburug’lar, bakteriyalar, kimyo — viy moddalar va issiq ta’siriga chidam- li. K.t.ni tabiiy tolalarga aralashtirib ishlatish mumkin. K.t. ishlab chiqarish uchun elastik va uzun, tarmoqsiz yoki kam tarmoklangan, makromolekula hosil qiluvchi polimerlar ishlatiladi. Bu to- lalar etarlicha katta molekulyar massaga ega bo’lib, eritilganda va qizdirilganda parchalanmasdan suyuqlanadi. K.t.ni ish- lab chiqarish jarayoni: yigiriladigan eritmalar tayyorlash; tola olish va tolaga shakl berish; tolani pardozlashdan ibo- rat. K.t. arzonligi va sifati (mexaniq xossalari: mustahkamligi, elastikligi, eyilishi, kirishimligi) tabiiy tola- larga nisbatan yaxshi bo’lgani uchun to- bora ko’p ishlab chiqariladi. 1990 y.da butun dunyoda tayyorlangan tabiiy tola- larga nisbatan 1,5 barobar ko’p miqdorda (26 mln. t ga yaqin) K.t.ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000 y.da tabiiy tolalarga nis- batan 2,5 barobar ko’p mikdorda (45-50 mln.t) K.t. ishlab chiqarildi. K.t. turli sohalarda tabiiy ipak, zig’ir tolasi, jun o’rnida, gazmollar, trikotaj, qo’lqop va paypoqlar, gilamlar, arqonlar, maxsus ish kiyimlari i.ch.da tabiiy tolalar b-n birga ishlatiladi. O’zbekistonda «Na- voiy azot» z-dida nitron tola. Farg’ona kimyoviy tolalar z-dida atsetat tola va texnik maqsadlar uchun kapron tola ish- lab chiqariladi. Abdushukur Sarimsoqov.