Kovak venalar
Kovak venalar — quruqda yashov — chi umurtqalilar katta qon aylanish do- irasining eng yirik tomirlari. Suvda va qurukda yashovchilarda qonni yurakning venoz bo’shlig’iga, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarda yurakning bevosita o’ng bo’lmachasiga olib kelib quyadi. Odamning tomirlar sistemasida yurakning chap qrrinchasidan boshlangan aorta tarmoqlari mayda kapillyarlar bo’lib, kislorodga boy qonni organizm- ga tarqatadi. Venalar esa kapillyardan yig’ilib, yiriklashib yuqori va past- ki K.v. bo’lib, o’ng bo’lmachaga quyiladi. Yuqori va pastki K. v. farq qilinadi. Yuqori K. v. yirik, ammo kalta bo’lib, ko’ks oralig’ida o’ng va chap tomonlar- dagi elkabosh va qo’l venalarining qo’shilishidan vujudga kelgan. U bosh, bo’yin, elka kamari (o’ng va chap tomon), qo’l, ko’krak bo’shlig’i devorlari, orqa miya va uning qobiqlari (qisman), ko’ks oralig’idagi a’zolardan qon yig’adi. Pastki K.v. eng yirik tomir bo’lib, IV, V bel umurtqalari ro’parasidagi o’ng va chap yonbosh venalarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Vena yuqoriga ko’tarilib yo’lda bel, chanoq, oyoq venalari, jigardan chiqqan qopqa vena va qorin bo’shlig’idagi a’zolar venalarini qabul qiladi. Qopqa vena diafragmadan o’tib yurak- ning o’ng bo’lmachasiga quyiladi. U chanoq sohasidagi a’zolar va devorlaridan, shuningdek, qorin bo’shlig’idagi a’zolar (jigar, buyrak, buyrak usti bezi) va de- vorlaridan diafragma, jinsiy bezlar, orqa miya va qisman miya qobiqlaridan hamda oyoqdagi venoz chig’allardan qon yig’adi. Yuqori va pastki qopqa vena- lar qorin devorining orqa va oldin- gi bo’lagidagi vena tomirlari b-n keng qo’shilgan. Bu yuqori pastki kovak tomir- larda qon dimlanib qolganda vena qoni qo’shilmalar orqali yo’nalishiga imkon beradi.