KUNGABOQAR KAPALAGI

KUNGABOQAR KAPALAGI, kungaboqar kuyasi (Homoeosoma nebulella Hb.) — parvova kapalaqlar oilasiga mansub kapalak, kungaboqarumtg xav- fli zararkuvandasi. Evropa, kichik va Janubi-Sharqiy Osiyo, G’arbiy Sibir, Qozog’iston va O’rta Osiyoda uchraydi. Qanotlari yoyilganda 20-27 mm, ol- dingi kanoti och kulrang, qanotining o’rtasida 4 ta qora rang nuqtasi bor; key- ingi qanoti oldingisinikiga qaraganda kengroq, oqish, qanotining tomirlari qoramtir. Qurtining o’z. 17 mm, och kul- rang, tanasining ustki tomonida 3 ta Ji- garrang chizig’i bor. Oxirgi yoshdagi qurti tuproqning xaydov qatlamida yupqa pilla ichida qishlab chiqadi. Bahorda qurt g’umbakdan uchib chiqqan kapalaqlar dastlab murak- kabguldoshlarga mansub begona o’tlarga, gullash davrida kungaboqarga o’tadi, bir kapalak kungaboqar savatchasiga 200— 300 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan 4-5 kundan so’ng qurt chiqadi va qurtlari 3 yoshgacha gul, so’ngra urug’ichiga kirib pi- sta mag’zi b-n ovqatlanadi. Qurtining rivojlanish davri 2— 3,5 hafta davom etadi, 4-yoshdagi qurtlar o’simlikdan erga tushib, tuproq orasiga kiradi va shu joyda pillaga o’ralib, kelasi yil ko’klamgacha diapauza holatida bo’ladi. Bir yilda 2 avlod beradi. Kurash choralari: kungaboqarning za- rarkunandaga chidamli (pistasi po’chog’i qattiq — «zirhli») navlarini ekish; hosil yig’ib olingandan so’ng kungaboqar ekilgan maydonlarni chuqur shudgorlash (qishlovchi g’umbaqlari o’ladi), begona o’tlarni yo’qotish; insektisidlar pur- kash. Zuhra Saidona.