Ko’kpatos tog’lari

Ko’kpatos tog’lari Markaziy Qizilqum (Navoiy viloyati)dagi tog’lar. Bo’kantovning Jan.-Sharqiy tarmog’i. Balandligi shim. -g’arbdan (369 m) Jan.- sharqqa (480 m, Taraboy cho’qqisi to- mon) o’zgarib boradi. U Aytimtovning Bo’kantov b-n tutashgan joyidan boshla- nib Jan.-sharqqa tomon yo’naladi. O’z. 55 km, eni Jan.-Sharqda 12-15 km. K.t. yirik antiklinal strukturadan ibo- rat bo’lib, quyi devonning ohaktosh, ohaktoshli konglomerat, o’rta karbon- ning qumtosh, alevrolit, argillit, kon- glomerat (yuqori boshqird kichik yarusi), kremniyli jinslar (qalinligi 900 m) va kvarsit, qumtoshdan tashkil topgan. Achchiq tarkibli granitoid jinslari intro’ziyalari — granodiorit, granit va alyaskit formasiyalaridan iborat. K.t. yon bag’irlari quruq soylar o’zani b-n parchalangan. Jan.da joylashgan Mingbuloq botig’ida tog’dan suv oqimi b-n keltirilgan jinslar to’plangan. Konus yoyilmalari qo’shilishidan tog’ etagida keng prolyuvial shleyf tar- kib topgan. K.t. ning botiqqa qaragan Jan. tomoni zinapoyasimon pasaygan. Yon bag’irlarining yalang’och qismida tuproq qoplami yo’q. Dag’al elyuviy va Prolyuvi- al yotqiziqlarda yupqa Toshloq bo’z-qo’ng’ir tuproqlar tarkib topgan. Ularda shuvoq, keyreuk, biyurg’un va b. giyoxlar siyrak o’sadi. Yaylovlar mahsuldorligi gekta- riga o’rtacha 1-3 ts. Qorako’l qo’ylarini boqishda foydalaniladi. Tog’ning g’arbiy Ko’kpatos aholi punkti yaqinidan oltin qazib chiqariladi. K.t. da fosforit va b. rudalar ham topilgan, ulardan foydala- nish ishlari boshlangan.