Kushit tillari
Kushit tillari — som-xom til- lari oilasiga mansub. Shim.-Sharqiy va Sharqiy Afrikada tarqalgan. K. t.da so’zlashuvchilarning umumiy miqdori 25,7 mln. kishidan ortiq. K. t. 5 guruhga ajratiladi: 1) shim. kushit — Sudan- ning shimoli-sharqi va Efiopiyaning shim.dagi badaviy tili; 2) Markaziy kushit — Efiopiyaning shim. va shim.- g’arbidagi agav tillari; 3) Sharqiy ku- shit — Efiopiyaning janubi -g’arbidagi burjisidamo tillari, Efiopiyaning shim.-sharqidagi afarsaxo tillari, so- Malidagi, Efiopiya sharqi va Keniya- ning shimoli-g’arbidagi Somali tillari, Efiopiya janubi va Keniya shimolida- gi g’alla tillari va b. tillar; 4) Jan. kushit — Tanzaniyaning shim. va shim.- sharqidagi prakv va ara-maniq tilla- ri; 5) g’arbiy kushit yoki omot guruhi — Efiopiyaning Jan. hududlaridagi ari- banva, tako, Kaffa, yamma, ometo, volamo tillaridan iborat. K. t. o’zaro qarindosh tillar bo’lganidan, ularning fammatik qurilishi va lug’at tarkibi muayyan umu- miylik va o’xshashliklarga ega. Shu b-n birga, undosh fonemalarning miqdori va sifati, kelishiklar miqdori bo’yicha K. t. bir-biridan farq qiladi. K. t.dan faqat ikkitasi o’z yozuviga ega: Somali tili (1973 y.dan, lotin alifbosi aso- sida) va oromo tili (1977 y.dan, efiop alifbosi asosida).