KUYUKMOZOR QABRISTONI
KUYUKMOZOR QABRISTONI — Navoiy viloyati, Qiziltepa t.y. st- yasining Jan.-g’arbidagi qabriston (mil. AV. 2-a. — mil. 8-a.). Bal. 1 — 1,2 m, diametri 12-14 m li 100 ga yaqin tuproqqo’rg’ondan iborat. 1934 y.da ar- xeolog V. A. Shishkin ochgan. 1952 y.dan arxeolog o. V. Obelchenko qazish ish- lari olib borgan. K. q. 2 xil tipdagi qabrlardan iborat: birinchisi — er ostida o’ra shaklida shim.dan Jan.ga cho’zilgan, ikkinchisi — Sharq tomondan zinapoya shaklida qazib tushilgan lahad. Qabrlarga murdalar uzunasiga va bukik holda, boshi Jan.ga qaratib qo’yilgan. Murdalar yonidan sopol idishlar, qurollar (dudama qilichlar, xanjarlar, kamon hamda uning o’qlari va b.), jub- ba kiygan jangchi surati solingan suyak plastinkalar, o’zuk, temir to’qa, ma’buda Anaxitaning haykalchasi va b. topilgan. Ossuariyga solib ko’milgan jasadlar ham ochilgan. Bir ulik ko’milgan joy- ga 2-marta ko’mish holdari ham uchray- Di. K. q. sarmatlarta tegishli ekanligi aniqlangan.