KUTUBXONALARARO ABONEMENT
KUTUBXONALARARO ABONEMENT— kutubxonada kitobxonga xiz- mat ko’rsatish usullaridan biri; kitob- xonlarning adabiyotga bo’lgan talabini maqsadga muvofiq turli kutubxonalar fondlaridan o’zaro foydalanish asosida krndirishga asoslangan. Eng yirik ku- tubxona ham o’z fondidagi adabiyotlar b-n kitobxonlar talabini to’liq bajarish imkoniyatiga ega emas. Ilmiy xodimlar va mutaxassislarning tobora murak- kablashib borayotgan talablarini to’la qondirishda K.a. muhim o’rin tutadi. K.a. kitobxonga u qaerda yashashidan qat’i na- zar turar joyiga yaqin kutubxona orqali respublika kutubxonalari fondlaridan foydalanish imkonini beradi. K.a. ti- zimi mintaqaviy tarmoqlar uslubida qurilgan, uning asosiy bo’linmalari mintaqalardagi markazlardir. Ish ma’- muriy va fan tarmoqdariga asoslangan holda tashkil etilgan. Respublikada K.a. markazi Alisher Navoiy nomida- gi O’zbekiston milliy kutubxonasidir. Adabiyotlarga buyurtmalar maxsus talab varaqasiga to’ldiriladi. Respublika kutubxonalarida bo’lmagan adabiyotlar Xalqaro abonement orqali chet mamlakat- lar kutubxonalaridan olinadi. Tohir Shokirov.