Kursaviy Abu Vasr

Kursaviy Abu Vasr (1776, kur- sa, Tatariston — 1812, Istanbul) — is-lomdagi islohotchilik harakati va tatar ma’rifatparvarligining asos- chisi. Mahalliy madrasada o’qigan. 19- a. boshida Buxoroga kelib Niyozquli at-Turkmaniy (Naqshbandiya — mujad — dadiya tariqatining mashhur shayxlari- dan biri) qo’lida tahsil olgan. Buxoro madrasalaridagi o’quv tizimini isloh qilish bo’yicha o’z dasturini ishlab chiqqan. Aqoid va kalom masalalarida Buxoro ulamolari b-n tortishib qolgan. Yirik ilohiyotchi olim Sa’daddin at- Taftazoniy (1390 y.v.e.) kitobiga yozgan sharhida K. o’z fikrini oshqora bayon qilgan. 1808-09 y.larda Buxoro amiri Haydar huzurida bo’lgan ulamolar maj- lisida o’z qarashlarini qatiyat b-n himoya qilsa ham, u dahriylikda ayblanib, qisqa muddat tutqunlikda saqlangan. Buxorodagi mudarris ustozlarining ta- labi b-n ozodlikka chiqarilgan. K. o’z yurti — Qozon yaqinidagi yuqori kursa qishlog’iga qaytib, mahalliy madrasa- da mudarris bo’lgan. U o’z qarashlarini mashhur «Al-irshod lil-Ibod» risola- sida bayon qilgan. Makkaga haj safari paytida Istanbulda vafot etgan va o’sha erda dafn qilingan. K. g’oyalari hayotlik chog’ida unchalik Shuhrat topmagan. 19-a. 2-yarmida Mar- joniyning asarlari orqali K.ning is- lom ilohiyotchisi va ma’rifatparvar- lik g’oyalari tarqatuvchisi ekanligi tan olingan. Turkistonda uning qarashlari keng tarqalgan va ko’plab tarafdorlari bo’lgan. Ad.: Islam v tatarskom mire: istoriya i sovremennost, Kazan, 1997; Islam va territorii bivshey Rossiyskoy impe- rii, vipusk-2, M., 1999. Qahramon Rajabov, Revat Shigabut- dinov.