«Kuntug’mish»

«Kuntug’mish» — o’zbek xalq do- stoni. Nurmon Abdivoy o’g’li, Ergash Jumanbulbul o’g’li, Egamberdi Olla- Murod o’g’li, Bekmurod Jo’raboy o’g’li va b. baxshilardan yozib olingan. Ergash shoir va Bekmurod baxshi variantla- ri nashr etilgan (1971, 1975). 12-a.gacha Turkiston va Talas atrofida yashagan turk-o’g’iz qabilalarining turli vaql, af-Sova va tarixiy qo’shiqlari zaminida, qadimiy o’g’iz epik an’analari asosida paydo bo’lgan. Dostonda no’g’aylar pod- shosi Avliyoyi Qoraxonning o’g’li b-n Zangar shahri vazirining qizi Xolbe- ka orasidagi sevgi hikoya etiladi. «K.» mukammal kompozision birlikka ega. Unda zulm va haqsizlik qoralangan, sev- gi, vafo, sadoqat va adolat ulug’langan. «K.»ning yozib olingan turli variantla- ri O’zbekiston FA til va adabiyot in-ti folklor arxivida saqlanadi. Doston «Bulbul taronalari» (1972), «O’zbek xalq ijodi» (1975) kabi to’plamlarga kiri- tilgan. H. T. Zarifov, V.M.Jirmunskiy, M. Saidov, T. Mirzaev va b. tomonidan tadqiq qilingan. Ad.: Mirzaev T., Xalq baxshilari- ning epik repertuari, T., 1979. To’ra Mirzaev.