Kunningam g’o’zasi
Kunningam g’o’zasi (Gossypium Cunninghamii Tod.) — yovvoyi g’o’za turi. Italyan olimi A. Todaro ta’riflab bergan (1887). Avstraliyaning shim.- G’arb sohillarida tarqalgan. K.G’. —tik o’sadigan, bo’yi 3-4 m li yalang’och buta. Barglari tuxumsimon-uzunchoq, butun, barg bandi kalta. Bargining pastki to- monidagi Markaziy tomirlarida bitta to’q yashil shira bezi bor. Gulyonbarglari mayda, gullari o’rtacha kattalikda, gul bandlari uzun. Gulbargi to’q qizil, aso- sida to’q qizil dog’lari bor. Kosachasi Yi- rik, qora tomirli va 5 tadan uzun tish- li. Gulyonbarglari nashtarsimon, guldan tashqariga qayrilgan. Ko’saqlari mayda, 3 chanoqli, tuxumsimon, uchi o’tkir, sir- ti silliq, qora smolali bezchalar b-n qoplangan. Chigitlari mayda, cho’zinchoq. Biologik xususiyatlari o’rganilmagan.