KUKRINIKSLAR

KUKRINIKSLAR (uch rassom famili- yasi va ismining dastlabki harflaridan olingan taxallus) — uch kishidan ibo — rat rassom va grafik rassomlarning ijodiy jamoasi: Ko’priyanov Mixail Vasilevich (1903-1991); Krilov Por- firiy Nikitich (1902— 1990); Sokolov Nikolay Aleksandrovich (1903-2000). K. xalq rassomlari, ba haqiqiy a’zo- lari, mehnat qahramonlari. 1924 y.dan hamkorlikda ijod qilib, hayotiy rasmlar b-n gaz. va jur.larda chiqa boshlashgan; hajviy rasmlar ustasi sifatida Shuhrat Qozo-nishgan va jahonga tanilishgan. K. ichki va tashqi xalqaro hayotga oid o’tkir maz-munli turkumlar («transport», 1933— 34; «urush olovini yoquvchilar», 1953— 57 va b.), tashviqiy plakatlar («Dush-manni ayamasdan tor-mor qilamiz va yanchib tashlaymiz», 1941 va b.), Kito- blarga ishlangan bezaklar (M.E.Salti- kov —Shched-rin, 1939; A.P.Chexov, 1940- 46; M. Gorkiy, 1933, 1948-49 va b.), kar- tivalar («eski xo’jayinlar», 1936-37; «Oqibatda», 1947-48 va b.) va b. asar- lar mualliflaridir. K. hamkorlikda asarlar yaratishsada, har biri alohida ijodiy uslubga ega, portret, manzara va vatyurmort janrlarida asarlar yaratish- gan. O’zbekiston davlat san’at muzeyiga K. asarlaridan («Moskva chekkasi», 1941) namunalar qo’yilgan.