Kumush
Kumush (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tar- tib raqami 47, at.m. 107,87. K. 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sun’iy izo- toplaridan «°Ag (yarim emirilish davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. K. qadimdan ma’lum. Er po’sti ning 1 -10 5% ini tashqil qiladi. Sof holda va gi- drotermal konlarda argentit Ag2S b-n birga uchraydi. K.ning kyustelit, Kong- sberit, animikit vaelektrum kabi tabi- iy minerallari bor. Toza K. chiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ioni- ning radiusi 1,13 A. Zichligi 10,5 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 960,5°, qaynash t-rasi 2212°. Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 2,7. K. yumshoq, cho’ziluvchan bo’lganidan mexanik ishlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlash mumkin. K. issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi o’tkazadi, yorug’likni yaxshi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi sharoitda suv va nam havo ta’siriga chi- damli. Lekin galogenlar b-n oson reak- tsiyaga kirishadi (q. Kumush galogenid- lar). Ko’pgiva metallar b-n qotishmalar hosil qiladi. K. birikmalarida, asosan, 1 valentli, ba’zan 2 va 3 valentli. Ni- trat va kontsentrlangan issiq sulfat kis-lotada erib, tuzlar hosil qiladi. K.ning aksari tuzlari suvda qiyin eriy- Di. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxshi eriydi. K.ning 3 ta oksidi ma’lum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa o’ta beqaror bo’lib, sof holda ajra- tib olinmagan.