Kuritiba

Kuritiba — Braziliyaning Jan.- Sharqiy qismidagi shahar. Parana shta- tining ma’muriy markazi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Tsellyuloza-qog’oz va yog’ochsozlik sa- noatlari markazi. Mashiva va uning jihozlari ishlab chiqariladi. Oziq- ovqat,to’qimachilik, ko’n poyabzal, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Un-tlar, Filologiya akademiyasi, muzey bor. Shaharga 1654 y.da oltin qidiruvchilar tomonidan asos solingan. K. — yerbama- te (Paragvay choyi) b-n savdo qilinadigan markaz.