KO’KPATOS MARMAR KONI
KO’KPATOS MARMAR KONI -Bo’kantov tog’tizmasining Jan.- Sharqiy qismida, Uchquduq sh.dan 40 km. 1990-91 y.larda geologiya-razvedka ishlari bajarilgach, K.m.k.ning faqat er yuzasidan,50 m chuqurlikkacha bo’lgan umumiy geologik zahiralari 15 mln. m3 miqdorida baholangan. K.m.k.ning tuzilishida Ko’kpatos braxantikli- nal strukturasining Markaziy yadro qismida joylashgan Jo’zquduq karbonat qatlamlari ishtirok etgan. Bu karbo- nat tog’jinslari qatlamlari och kul- rangdan qoragacha bo’lgan marmarlashgan ohaktosh va marmarlardan iborat. Tur- li xil marmar qatlamlarining umumiy qalinligi 1200 m gacha bo’lib, qoplovchi qatlamlar 2-6 m gacha qalinlikda aniqlangan. K.m.k.ning Sharqiy qismini sanoat zahiralari 1 mln. M1 atro- fida baholanib, 1-navbatdagi qazib olish uchastkasi loyihalashtirilgan va 1994-95 y.lardan zamonaviy texnika va texnlogiyalar qo’llanilishi asosi- da sanoat o’zlashtirish ishlari bosh- langan. K.m.k.ning yillik qazib olish loyihaviy quvvati 20 ming m3. Navoiy kon-metallurgiya kombinati korxonalari tarkibiga kiradi.