Kuzgi tunlam

Kuzgi tunlam (Agrotis segetum Schiff.), ko’k qurt tunlami —tunlamlar turkumiga mansub zararkunanda kapa- lak. Ko’zgi ekinlar, g’o’za, qand lavlagi, kungaboqar, makkajo’xori va b. (150 tur- dagi o’simliklar) maysalarini zararlay- digan xavfli zararkunanda. Afrika, Evrosiyo, shu jumladan, O’rta Osiyoda tarqalgan. O’rta Osiyoda g’o’za (35% gacha), makkajo’xori maysalariga (12— 18%), beda, kungaboqarga, begona o’tlardan sho’ra, pechako’t va b. ga katta zarar etkaza- Di. Qanotlari yoyilganda 34-45 mm. ol- dingi qanotlari och-qo’ng’irdan qoramtir tusgacha. Tuxumi sutsimon oq; 2-3 kun o’tgach, ularda qizg’ish doirachalar paydo bo’ladi, qurtlari chiqishidan oldin esa tuxumi qorayadi. Qurtlari tuproqning 10-25 sm chuqurligida qishlaydi. Yi- liga 3— 4 avlod beradi. Kishlab qolgan avlod kapalaqlari samarali harorat yig’indisi 550° bo’lganda (g’umbagining rivojlanishi uchun harorat 10° dan kam bo’lmasligi kerak) uchib chiqadi. Ka- palaklarning eng ko’p uchib chiqishi va juda ko’p miqdorda tuxum qo’yishi havo harorati 12-20° bo’lganida kuzatila- Di. Tuxumlarini tarqoq holda o’simlik bargining orqasiga qo’yadi. 4-15 kundan keyin tuxumdan chiqadi, ular kunduzi tuproqda yashirinib yotadi, tunda yuza- ga chiqib, maysa va yosh niholdar tanasi, kurtagi, nishini kemiradi, barglarini tyoshib tashlaydi. Kurash choralari : begona o’tlarni yo’qotish; ko’zgi shudgor; kapalaklar uchishi boshlanishi ko’zatilgan dalalar- ga trixogramma tarqatiladi, feromon tutqichlar qo’yiladi, 1 feromon tutqichga bir kechada 15-20 kapalak tushsa kimyo- viy preparatlardan zolon — 2,5—3 l/ ga, desis — 0,7 l/ga va b. insektisidlar eritmalari purkaladi. Sulton Apimuhamedov.