Kondorse (Condorset) Mari Jan Antuan Nikola
Kondorse (Condorset) Mari Jan Antuan Nikola (1743.17.9, Ribmon, Sen- Kanten yaqini — 1794.29.3, Burla-Ren) — frantsuz faylasufi, ma’rifatpar- var, siyosiy arbob. Parij FA a’zosi (1769). 1777 y.dan Parij faning do- imiy kotibi. «Entsiklopediya» nashr etishda hamkorlik qilgan, keyinchalik inqilobda qatnashgan, 1791 y.da qonun chiqaruvchi majlisga saylangan, Konvent- da jirondachilar tarafida bo’lgan. Fal- safada deizm va sensualizm tarafdori. «Inson aql-zakovati taraqqiyoti tarixiy ko’rinishlarining eskizi» (1794) asa- rida tarixiy taraqqiyot g’oyasini rivoj- lantirgan; bu g’oyaning asosi aql-idrokni kamolga etkazishdan iborat.