Ko’za
Ko’za — ro’zg’or buyumi; suv va b. suyuqliklar solish, tashish, saqlashda ishlatiladigan idish. Tagi va bo’g’zi tor, qorni keng, dastali. O’rta Osiyoda sopol va m i s K.lar keng tarqalgan. Aksariyat hollarda sopol K.lar pishirilmasdan oldin chizib naqshlanadi. Sopol K.ning ichi sirlanadi (sirlan-magani ham bo’ladi). Sopol K.ning ko’p ishlatila- digan dastasiz turi mo’ndi deb ataladi. Mis K. sopoldan tayyorlanganidan shakl jihatidan keskin farq qiladi. Mis K. jo’mraksiz obdastani eslatadi: bo’yni ingichka, bir quloqli, qorni keng, past- ga tomon kengayib boradi. Tagida keskin konusga o’xshash pastak chambaragi bor. Murakkab shakldagi mis K.ning avval ay- Rim bo’laqlari quyilib, so’ng ular bir- biriga qalaylanadi. K.ni ko’zagar kulol yoki miskar tayyorlaydi, bo’yama (sopol K.) va uyma (metall K.) naqshlar b-n bez- atiladi. Metall K. ning oltin, kumush- dan ishlanib, kandakori naqshlar b-n bezatilgan, ba’zan qimmatbaho toshlar qadalgan namunalari respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.