Kurella (Kurella) Alfred

Kurella (Kurella) Alfred (ta- xallusi — B. Tsigler, V. Rebig, A. Ber- vad; 1895.2.5, Bjeg, Polsha — 1975.12.6, Berlin) — nemis yozuvchisi, publisist, tarjimon va jamoat arbobi. Germaniya san’at akademiyasi a’zosi. Rossiyada yashagan (1934-54). Fashizmni fosh etish K. ijodining asosiy mavzusi sanala- Di. «Grovau hujjatlari» (1954), «Di- mitrov Geringga qarshi» (1964), «katta o’yindagi kichik piyoda» (1961), «inson o’zini o’zi yaratadi» (1958), «tarqoq ocher- klar» (1961) va b. asarlar muallifi. K. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan parcha va ba’zi g’azal va ruboiylarini nemis tiliga tarjima qilgan.