Kursi
Kursi — 1) o’tirishga mo’ljallangan uy jihozi, suyanchiqsiz yog’och o’rindiq, AK- sariyat to’rt oyoqli bo’ladi. Shakli aylana yoki qirrali (3 dan to 10 tagacha) qilib yasaladi. Bo’yama, o’yma naqshlar b-n bez- atiladi, panjara usulida ham ishlanadi; 2) me’morlikda ustunning quyi qismi, poyustun. Ustun tanasi K.ga o’tishda in- gichkalashadi, shunda ustun og’irligi K.ga tushadi. Ustun K.si 2 usulda — ustun b-n yaxlit yog’ochdan yoki alohida yog’ochlardan yasaladi, alohida yasalganida K. uchun tosh (marmar) ham ishlatilishi mumkin. K. ustun b-n uyg’unlashtirib bo’yama, o’yma vaqshlar b-n bezatiladi.